Ziroat Mirziyoyeva bolalarga bag‘ishlangan ko‘rgazmaga bordi

Jamiyat

−

image

O‘zbekiston Respublikasining Birinchi xonimi, “Zamin” fondi vasiylik kengashi raisi Ziroat Mirziyoyeva “Bolalar farovonligiga investitsiyalar: kelajak avlodlar uchun barqaror va adolatli taraqqiyot yo‘lida” xalqaro sammiti mehmonlari bilan birgalikda markaziy qahramoni Bola bo‘lgan ko‘rgazmani tomosha qildi. Bu haqda “Zamin” xalqaro jamoat fondining Telegram-kanalida xabar berildi.

Qayd etilishicha, ko‘rgazmada tashrif buyuruvchilarga bolaning dunyoga kelishidan ancha oldin – bo‘lajak onaga g‘amxo‘rlik qilishdan boshlanib, xavfsiz tug‘ilish, ilk qadamlar, bog‘cha, maktab, moslashuvning murakkab davri, nihoyat, kasb tanlash va ilk mehnat kunlarigacha davom etadigan ulkan hayot yo‘lini aks ettirilgan.

“Mehmonlar xavfsizlik hissi, yaqinlar mehri, ta’lim olish, muloqot qilish va o‘z kelajagini tanlash imkoniyati kabi asosiy ehtiyojlar ortida davlat va jamiyatning uzluksiz mas’uliyati mujassam ekanini ko‘rdilar. Bu shunday yo‘lki, unda har bir qonun, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy himoya va ta’lim sohalaridagi har bir islohot bolaning ertangi kuni imkoniyatlarga to‘la bo‘lgandagina haqiqiy ma’no kasb etadi”, deyiladi xabarda.

Bildirilishicha, shundan so‘ng mehmonlar katta “qog‘oz” qayiqcha yoniga borib, o‘zlarining eng ezgu orzu-tilaklarini yozgan va unga ilib qo‘ygan.

“Go‘yo shu tariqa umumiy umidlar mujassam bo‘lgan qayiqchani katta safarga kuzatgandek bo‘ldilar”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ziroat Mirziyoyeva sammitda ishtirok etayotgan birinchi xonimlar va yuqori martabali mehmonlar bilan birgalikda Imom Buxoriy yodgorlik majmuasiga tashrif buyurgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing