Ziroat Mirziyoyeva TDT Oila va xotin-qizlar kengaşi yiğilişida qatnaşdi
Jamiyat
−
21:08 542 2 daqiqa
Bugun, 30 oktyabr kuni Özbekiston Respublikasi Prezidentining Anqara şahriga taşrifi va Turkiy davlatlar taşkiloti sammiti doirasida mamlakat Birinçi xonimi Ziroat Mirziyoyeva Turkiy davlatlar taşkiloti Oila va xotin-qizlar kengaşining birinçi yiğilişida iştirok etdi. Bu haqda ÖzA xabar berdi.
Qayd etilişiça, TDTning 13-sammiti doirasida taşkil etilgan Oila va xotin-qizlar kengaşi turkiy davlatlar örtasida oila institutini mustahkamlaş, xotin-qizlar huquqlarini himoya qiliş va ularning imkoniyatlarini kengaytiriş böyiça hamkorlikni qöllab-quvvatlaşga qaratilgan.

Kengaş huzuridagi davlat va hukumat rahbarlari rafiqalaridan iborat Oliy faxriy kengaşning ilk yiğilişi “Hamjihatlikdan institutsional hamkorlik sari: Turkiy dunyoda oila va xotin-qizlar” mavzusiga bağişlangan.

Ziroat Mirziyoyeva öz nutqida qizlarning zamonaviy ta’lim oliş imkoniyatlarini kengaytiriş va xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirişga qaratilgan qator taşabbuslarni ilgari surgan.

“Ayolning bilimi va mehnati qadrlangan, oilada özaro hurmat va hamjihatlik qaror topgan muhit butun jamiyatni mustahkamlaydi”, deydi Birinçi xonim.

Ziroat Mirziyoyeva yiğilişda onalik va bolalikni muhofaza qiliş, inklyuziv ta’limni rivojlantiriş hamda ehtiyojmand oilalarni qöllab-quvvatlaş yuzasidan ham takliflar bildirgan. Bolalar va ösmirlar uçun xavfsiz internet muhitini yaratiş masalasiga alohida e’tibor qaratilgan.

Sözining yakunida Özbekiston Birinçi xonimi yiğilişni taşkil etgani uçun Turkiya Birinçi xonimi Emina Erdöğanga taşakkur izhor etgan. Qabul qilingan qarorlar oilalar xotirjamligi, xotin-qizlar uçun yangi imkoniyatlar va bolalar farovonligiga xizmat qilişiga umid bildirgan.
Live
Barchasi