Şavkat Mirziyoyev TDTning özbekistonlik yangi boş kotibini qabul qildi

Jamiyat

−

image

Bugun, 11 noyabr kuni Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Turkiyaga amaliy taşrif doirasida Turkiy davlatlar taşkilotining yangi tayinlangan boş kotibi Mirvohid Azimovni qabul qildi. Bu haqda Özbekiston yetakçisining matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilişiça, uçraşuv davomida joriy yil 11 noyabrdan öz lavozimiga kirişayotgan Turkiy davlatlar taşkiloti boş kotibi oldida turgan ustuvor vazifalar, Özbekiston va taşkilot örtasidagi köp qirrali hamkorlikning bugungi holati hamda uni yanada rivojlantiriş istiqbollari yuzasidan fikr almaşilgan.

Şuningdek, 2027 yilda Özbekistonda ötkazilişi rejalaştirilayotgan TDT sammitiga puxta tayyorgarlik köriş, uni yuqori taşkiliy saviyada va mazmunli ötkaziş bilan boğliq masalalar muhokama qilingan.

Uçraşuv yakunida davlat rahbari Mirvohid Azimovni mas’uliyatli lavozimga tayinlangani bilan tabriklab, uning Turkiy davlatlar taşkiloti boş kotibi sifatidagi faoliyatiga muvaffaqiyatlar va samarali natijalar tilagan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing