Birinchi xonimlar Bishkekda nimalar bilan band? (fotoreportaj)

Olam

image

O‘zbekiston, Turkiya, Xitoy va Ozarbayjon Birinchi xonimlari Qirg‘izistonning Birinchi xonimi Oygul Japarova hamrohligida Bishkek shahrida tashkil etilgan noyob qo‘l mehnati mahsulotlari ko‘rgazmasiga tashrif buyurdi va bolalar jamoalari ijrosidagi konsert dasturini tomosha qildi. Bu haqda AKI Press xabar berdi.

Qayd etilishicha, Japarova bilan birga O‘zbekiston Birinchi xonimi Ziroat Mirziyoyeva, Ozarbayjon Birinchi xonimi Mehribon Aliyeva, Xitoy Birinchi xonimi Pen Liyuan va Turkiya Birinchi xonimi Emina Erdo‘g‘an Bishkek shahrida tashkil etilgan noyob qo‘l mehnati mahsulotlari ko‘rgazmasiga tashrif buyurgan. 

Birinchi xonimlar qirg‘iz xalq amaliy bezak san’ati ustalarining ijodiy ishlari namoyish etilgan ko‘rgazma bilan tanishgan.

 

Bundan tashqari, “Salbuurun“ milliy federatsiyasi vakillari mehmonlarga qirg‘iz tayganlari va qo‘lga o‘rgatilgan burgutlarni namoyish etib, qadimiy ovchilik an’analari haqida ma’lumot bergan.

“Biz mohir qo‘llar tomonidan yaratilgan har bir buyumni diqqat bilan ko‘zdan kechirib, qirg‘iz madaniyatining estetik qarashlari va mahoratini aks ettiruvchi noyob namunalar bilan tanishdik. Dastur bolalar jamoalari ijrosidagi go‘zal kuylarni tinglash bilan davom etdi. Yosh ijrochilar qalbidan yangragan kuylar bu kunga o‘zgacha go‘zallik bag‘ishladi”, deb yozgan Emina Erdo‘g‘an tadbirdan olingan suratlar ostiga.

Dastur yakunida "Enesay" qabul uyida oliy martabali mehmonlar e’tiboriga Qirg‘iziston bolalar musiqa va raqs jamoalarining konserti taqdim etilgan.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 31 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar rahbarlari kengashining navbatdagi yig‘ilishi hamda “SHHT plyus” formatidagi uchrashuvda ishtirok etish uchun rafiqasi Ziroat Mirziyoyeva hamrohligida Bishkek shahriga borgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing