Ziroat Mirziyoyeva mehmon bo‘lib kelgan birinchi xonimlarni qayerga olib bordi?

Jamiyat

image

Samarqandda bo‘lib turgan Turkiya Respublikasi birinchi xonimi Emina Erdo‘g‘an, Ozarbayjon Respublikasi birinchi xonimi Mehribon Aliyeva va Vengriya Bosh vazirining rafiqasi Aniko Levai O‘zbekiston birinchi xonimi Ziroat Mirziyoyeva boshchiligida “O‘zbekiston ranglari” tasviriy san’at ko‘rgazmasini tomosha qildi. 

Birinchi xonimlarga O‘zbekiston Prezidentining to‘ng‘ich qizi – Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi Saida Mirziyoyeva hamrohlik qildi. 

“Samarqandda O‘zbekiston Prezidentining muhtaram rafiqasi Ziroat Mirziyoyeva mezbonlik qilgan “O‘zbekiston ranglari” ko‘rgazmasini Ozarbayjon Prezidentining rafiqasi Mihribon Aliyeva va Vengriya Bosh vazirining rafiqasi Aniko Levai bilan birga ziyorat qildik. Asarlar haqida ma’lumot oldik”, deb yozgan Turkiya birinchi xonimi o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.


Maqola muallifi

Teglar

Emina Erdo'g'an Saida Mirziyoeva Ziroat Mirziyoeva Mehribon Alieva Aniko Levai

Baholaganlar

417

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing