O‘zbekiston va Ozarbayjon birinchi oilalalari ayollari Toshkentda qanday vaqt kechirdi? (fotoreportaj)
Jamiyat
−
09:37 2453 1 daqiqa
O‘zbekiston va Ozarbayjon birinchi xonimlari hamda ularning qizlari Toshkentdagi madaniy tadbirlarda ishtirok etdi.

Ma’lumki, kecha, 23 avgust kuni Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keldi. Unga tashrifda rafiqasi – mamlakat birinchi vitse-prezidenti Mehribon Aliyeva, qizi Leyla Aliyeva va nabiralari hamrohlik qilmoqda.



Mehmonlar O‘zbekiston birinchi xonimi Ziroat Mirziyoyeva va uning qizlari – Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva, Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori birinchi o‘rinbosarlari Shahnoza Mirziyoyeva va oilaning kenja vakillari hamrohligida Toshkentdagi Islom sivilizatsiyasi markazi bilan tanishgan.



Mehmonlar muzey ekspozitsiyasi – “Islomgacha bo‘lgan sivilizatsiyalar”, “Birinchi Renessans davri”, “Ikkinchi Renessans davri”, “O‘zbekiston XX asrda”, “Yangi O‘zbekiston – Uchinchi Renessans asosi” va “Qur’oni Karim” zallaridagi eksponatlar bilan tanishgan.

Shuningdek, ikki mamlakat birinchi oilasi a’zolarining uchrashuvi Toshkent shahridagi Oxunguzar art-majmuasida davom etgan. Mehmonlar bu yerda milliy liboslar, qo‘l mehnati buyumlari ko‘rgazmasida ishtirok etgan.


Live
Barchasi