O‘zbekiston hududlariga suv va issiqlik ta’minoti qaytmoqda

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

O‘zbekiston hududlarida suv va issiqlik ta’minotini tiklash boshlandi. Bu haqda Uy-joy va kommunal xo‘jaligi vazirligi ma’lum qildi.

Hozirgacha Qoraqalpog‘iston Respublikasining Kegeyli, Qonliko‘l, Shumanay, Qorao‘zak, Taxiyatosh, Ellikqal’a, Beruniy, Amudaryo tumanlari va Nukus shahrida ichimlik suv ta’minoti yo‘lga qo‘yildi. Shuningdek, Qoraqalpog‘istonda issiqlik tizimi ham qaytadan ishga tushirilgan.

Soat 17:30 holatiga Toshkent shahridagi 12 ta mahalliy qozonxonaning faoliyati tiklandi. Farg‘ona shahriga ham ichimlik suvi berila boshlandi.

Ma’lumot o‘rnida: Poytaxtda 202 ta lokal, 12 ta markaziy qozonxona bor.

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi tizimiga kiruvchi 500 ta qozonxonadan 78 tasi o‘z ish faoliyatini qayta tikladi.

“Konets sveta”

Bugun, 25 yanvar kuni soat 11:00 larda O‘zbekistonning qator viloyatlarida elektr energiyasi ta’minoti uzildi. Buning ortidan dastlab, Toshkent metropoliteni faoliyati to‘xtatildi, poyezdlarning manzilga yetib borish vaqti kechiktirildi. Elektrdagi uzilish suv ta’minotini ham to‘xtatib qo‘ydi.

Keyinroq, qo‘shni mamlakatlar — Qozog‘iston va Qirg‘izistonning qator hududlarida ham elektr energiyasi uzildi. O‘zbekistonda esa barcha ayeroportlar faoliyati cheklandi.

O‘zbekiston Energetika vazirligining ma’lum qilishicha, Qozog‘iston Elektr tarmog‘ida katta avariya bo‘lishi oqibatida Olmaota, Chimkent, Taras, Turkiston (viloyatlarida) va atrof hududlarida Elektr energiya ta’minotida o‘chishlar yuzaga kelgan. 

Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda Toshkent viloyatidagi Chorvoq, Xojikent va Tovoqsoy gidroelektr stansiyalari, Navoiy viloyatidagi Navoiy issiqlik elektr stansiyasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi Taxiatosh issiqlik elektr stansiyasi hamda Farg‘ona viloyatidagi Farg‘ona issiqlik elektr markazi orqali energetika tizimiga quvvat uzatish boshlangan.

Shuningdek, Toshkent shahrining qator hududlarida yelektr ta’minioti tiklandi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida elektr energiyasi ta’minoti to‘liq tiklandi.


Maqola muallifi

Teglar

suv

Baholaganlar

78

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing