O‘zbek-qirg‘iz chegarasidagi to‘qnashuvda jabrlanganlar soni ortdi
Olam
−
01 iyun 2020
17849Avvalroq, O‘zbekiston va Qirg‘iziston davlat chegara hududida yashovchi aholi o‘rtasida yuz bergan mojaro natijasida Qirg‘iziston tomondan 15 kishi jarohatlangani haqida xabar bergan edik.
Hozirga kelib, to‘qnashuvda jarohat olib, shifoxonaga murojaat qilganlar soni 25 nafarga yetdi. Ular Aydarken shahridagi shifoxonaga yotqizildi. Bu haqda Qirg‘iziston sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.
Hozirda to‘rt kishi tan jarohatlari bilan statsionar davolanishda. Ikki nafari jarrohlik amaliyotidan keyin reanimatsiyaga yotqizilgan. ularnng ahvoli “og‘ir” deb baholanyapti. Yana ikki nafarining ahvoli o‘rtacha og‘irlikda.
21 nafar jabrlanuvchi birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilganidan keyin uyiga ketgan.
Eslatib o‘tamiz, 31 may kuni Qirg‘izistonning Chechma va O‘zbekistonning Chashma qishlog‘i aholi o‘rtasida mojaro yuz berdi. Tomonlar bir birlarini toshbo‘ron qilib, uylarga o‘t qo‘yib yubordi. Keyinroq mojaro suvdan foydalanish ustida kelib chiqqani ma’lum bo‘ldi.
Yaqin vaqtlarda O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov Qirg‘iziston Bosh vazirinig birinchi o‘rinbosari Kubatbek Boronov bilan uchrashishi kutilyapti. Ikki davlat huquq tartibot idoralari esa vaziyat izdan chiqmasligi uchun chegara hududini birgalikda patrul qilishga kelishib oldi.
LiveBarchasi