Şavkat Mirziyoyevning siyosiy irodasi bilan çegaralar oçildi – Qamariddin Şayxov (video)
Jamiyat
−
21:57 386 2 daqiqa
Bundan 10 yil oldin Özbekistondagi odamlar çegaralardan ötiş qiyin bölgani uçun qöşni davlatlardagi qarindoşlarini, hattoki öz aka-ukasini ham köra olmasdi. Prezident Şavkat Mirziyoyevning siyosiy irodasi bilan bu masalalarga barham berilib, qöşniçilik munosabatlari öz örniga tuşdi. Bu haqda QALAMPIR.UZ asosçisi Qamariddin Şayxov joriy yilning 31 oktyabr kuni Anqarada Turkiy davlatlar taşkilotining 13-sammiti doirasida bölib ötgan Turkiy muloqot forumida söz oçdi.
Qamariddin Şayxov öz nutqi davomida Özbekistonning Markaziy Osiyo mintaqasida tutgan örni, mamlakatda sönggi 10 yillik yuz bergan özgarişlar, qöşnilar bilan çegaralarning oçilişi va mamlakatdagi islohotlar haqida söz yuritdi. Xususan, qöşni davlatlar bilan çegaralarning yopiq bölgani, oqibatda qardoş davlatlarning qondoş fuqarolari aloqa qilişga qiynalgani esga olindi.
“2017 yilgaça qöşni davlatlar bilan çegara masalalari Özbekistonni juda katta muammolar bilan yuzlaştirgandi. Qöşnilar bilan çegaramiz yopiq edi. Prezident Şavkat Mirziyoyevning siyosiy irodasi bilan Markaziy Osiyodagi bu muammo tarixda qoldi. Özbekiston mintaqaning markazidan qöşnilariga qöl uzatdi va öziga uzatilgan qöllarni mahkam siqdi”, deydi Qamariddin Şayxov.
Şuningdek, u çegaralarning oçilişi qöşni mamlakatlar turğunlarini behad quvontirganini, aka-uka, quda-andalar yana yuz körişganini aytdi.
“Bu mahkam tutiş, bu döstlik, bu örtoqlik, çegaralarimizning bunçalik keng oçilişi Özbekistondagi çegara atrofida yaşaydigan insonlarni juda xursand qildi.
Çunki öşa vaqtlarda çegaralar orasida ikki quda bor edi. Ular çegaradan Qirğizistonga ötib, ön yillab qizini köra olmadi, ön yillab Tojikistonga ötib, akasini köra olmadi. Bunday birodarlik böladimi? Bunday döstlik yoki qöşniçilik böladimi?
Qöşniçilik – uyining eşigini taqillatmasdan bir tovoq palov olib boradigan tom. Biz qöşniçilikni şunday tuşunamiz”, deydi QALAMPIR.UZ asosçisi.
Şu bilan birga, Qamariddin Şayxov Prezidentlarning islohotlari natijasida bundan buyon mamlakatlar örtasida hal etilmagan masalar qolmasligiga işonç bildirdi.
Eslatib ötamiz, Qamariddin Şayxov uşbu forumudagi nutqida turkiy dunyo yoşlarining dunyo bilan faol muloqotda bölgan holda, öz şaxsiyati va madaniyatini taniydigan, köhna ötmişidan kuç oladigan, zamonaviy fan va texnologiyalarni yaratib, ularni rivojlantiradigan insonlar bölib voyaga yetişi juda muhim ekanini urğulagandi. Şayxovning bildirişiça, çunki yoşlar turkiy dunyo kelajagini qurişda asosiy kuç hisoblanadi.
Live
Barchasi