Qiyinçiliklar bizni erta ulğaytirgan – Prezident nabirasiga samolyotda xat yozdi
O‘zbekiston
−
1933 10 daqiqa
Bugun, 23 noyabr kuni Prezident Şavkat Mirziyoyev Iordaniyaga safari davomida nabirasi Şavkatbekka maktub yozdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
“Mana şu daqiqalarda biz Iordaniya davlatiga, buyuk payğambarlar yurtiga, xususan, Muhammad sallollohu alayhi vasallam avlodlari bölgan Hoşimiylar Qirolligiga taşrif bilan ketmoqdamiz.
Uşbu muqaddas safar davomida, qalbimni Vatanimizga mehr, soğinç tuyğulari qamrab olgan damlarda sen, aziz bolamga eng ezgu va samimiy tilaklarimni yöllaşga qaror qildim”, deydi Prezident maktubi avvalida.

Şavkat Mirziyoyev bunday olis safarlar har qanday odamni ham toliqtirişini, ammo uni hamişa yöliga közi tört bölib kutadigan yaqinlarini, duolar bilan qöllab-quvvatlab kelayotgan xalqini yodga olsa, barça çarçoqlarim bir zumda bulutdek tarqab ketişini bildirgan.
“Ertalab xayrlaşiş paytida bolalarça soddalik bilan: “Nega Siz doim uzoq safarlarga ketasiz?” deb sörading. Şoşib turganim uçun bu savolingga tuzukroq javob berolmadim. Biroq şu gaping fikru xayolimni band qilib turibdi.
Bolajonim, seni qançalik yaxşi körişimni bilasan. Lekin taqdir zimmamga şunday vazifa yuklaganki, men nafaqat sening, balki senga öxşagan millionlab Özbekiston farzandlarining kelajagi haqida ham öylaşim, qayğurişim kerak.
Men qaysi lavozimda faoliyat yuritmay – deputatmi, hokimmi, boş vazirmi yoki davlat rahbarimi, hamişa xalq oğirini yengil qiliş, muşkulini oson etişni asosiy maqsad, öz hayotimning ma’no-mazmuni, deb bilganman.
Umrimni elu yurt xizmatiga baxş etişdan bir lahza bölsin afsuslanmadim. Hayotda çiqargan eng katta xulosalarimdan biri şuki, bu dunyoda millatning dardiga darmon bölişdan köra a’lo va afzal iş yöq.
Tez-tez özga yurtlarga yöl olişim ham – sizlarning, köpmillatli xalqimizning tinç, tökis va tökin yaşaşini istaganim tufaylidir. Sizlar maktabda yaxşi öqib, aqlli, bilimdon bölib voyaga yetişingiz uçun ham dunyo kezişimga, yangi-yangi hamkorlar topişimga töğri keladi.
Biroz ulğaysang, bu gapimning, umuman, quyida bayon etadigan mulohazalarimning ma’nosini özing anglaysan”, deydi Prezident.
Şuningdek, Özbekiston yetakçisi bolaligi juda maşaqqatli keçgani, suyagi qotmasdan kattalar bilan baravar mehnat qilişga majbur bölganini yodga olgan.
“Sening yoşingda yozning jaziramasida ğöza çopib, izğirin sovuqda paxta terganman. Maktabda ön yil öqigan bölsam, şuning deyarli yarmi dalada ötgan. Qiyinçiliklar bizni erta ulğaytirgan.
Bunday azoblarni sizlarga, xalqimning barça farzandlariga aslo-aslo ravo körmayman. Şuning uçun Prezident bölganimdan söng birinçi galda bolalarni paxta dalalaridan maktabga qaytardim.
Öğil-qizlarimiz munosib unib-ösişi uçun buning özi yetarli emas, albatta. Hozir qişloğu şaharlarda zamonaviy boğça va maktablar quryapmiz. Sizlar uçun yaxşi darsliklar yaratiş, bilimdon öqituvçilar tayyorlaşga intilyapmiz.
Xullas, sizlar baxtli, tökis va farovon yaşaşingiz uçun nimaiki lozim bölsa, hammasini qilamiz”, deydi Prezident.
Özbekiston rahbari ayni paytda yetuk inson bölib ulğayiş, avvalo, odamning öziga, iroda va sabot-matonatga boğliq ekanini qayd etgan. Buning uçun barça fanlarni qunt bilan özlaştirib, qobiliyatni töliq yuzaga çiqarişga intiliş kerak.
“Unutma, sizlar öz aql-zakovati bilan dunyoni özgartirgan, insoniyatga ustozlik qilgan ne-ne buyuk zotlarning avlodisiz.
Muhaddislar sultoni Imom Buxoriy, allomalar sardori Abu Rayhon Beruniy, tibbiyot ilmida inqilob yasagan Abu Ali ibn Sino, osmon toqiga narvon qöygan Mirzo Uluğbek, ona tilimizda beqiyos durdona asarlar yaratgan Alişer Navoiy, jaholat zulmatini ma’rifat nuri bilan yoritgan Mahmudxöja Behbudiy..., eh-he, uluğ bobolarimizning qay birini sanay! Ular şu qadar köpki, nomlarining öziyoq jild-jild kitoblarga jo böladi.
Muxtasar aytsam, Vatanimizning har bir qariç yerida buyuk olimu fozillar, aziz-avliyolar, mard va jasur sarkardalarning muborak xoki yotibdi. Ularning mamlakatimiz tarixidagi örni, olamşumul xizmatlari haqida senga mavridi kelganda, albatta, sözlab beraman.
Yurtimizdagi millionlab öğil-qizlarimizning qalbida ham daholar, ularning ölmas ruhi yaşayotganiga imonim komil. Faqatgina bu farzandlarimizning iqtidorini vaqtida uyğotib, parvarişlay olsak bas”, deydi Şavkat Mirziyoyev.
Bundan taşqari, Prezident Özbekiston bolalariga murojaat qilib, astoydil harakat qilsa, ular ham donişmand bobolarga munosib voris bölib yetişişiga işonç bildirgan.
“Atrofingga nazar solsang, bunga istagança dalil topişing mumkin. Mana, qança öğil-qizlarimiz xalqaro fan olimpiadalarida ğolib bölib kelyapti. Qança yoşlarimiz xorijdagi eng nufuzli universitetlarda tahsil olyapti. Yana qança navqiron farzandlarimiz fanning turli yönalişlarida kaşfiyot va ixtirolar qilmoqda.
Şaxmatçi yigit-qizlarimiz jahon birinçiliklarida zafar qozonib, Yangi Özbekiston yoşlari naqadar uluğ işlarga qodir ekanini isbotlamoqda, ta’bir joiz bölsa, şaxmat tarixini qayta yozmoqda.
Bilginki, olimlar, ixtiroçilar, çempionlar öz-özidan paydo bölmaydi. Boğbon özi ekkan nihol ösib, mevaga kirguniga qadar neça yil ter tökib mehnat qiladi. Zukko, bilimli, hunarli yoşlarni voyaga yetkaziş ham ana şunday maşaqqatli iş, mas’uliyatli yumuşdir.
Biz ön yil burun hamma sohada iqtidorli bolalarni tarbiyalaşga kirişgan edik. Bugun ana şu işlarimizning dastlabki umidbaxş natijalarini körib turibmiz”, deydi Prezident.
Şavkat Mirziyoyev hozirgi avlodga Özbekistondek ozod va obod yurtda tuğilmoq, yaşamoq baxti nasib etganini urğulagan.
“Akademik şoirimiz Oybek Özbekistonimizni tuproğida oltin gullaydigan ölka, deb ta’riflaganida yuz karra haq edi.
Özbekiston deb atalgan, uç ming yildan ziyod davlatçilik tarixiga ega bölgan mamlakat farzandi, özbek degan uluğ millat öğloni ekaningdan hamişa ğurur, iftixor tuyib yaşagin, bolam!
Yurt kelajagi sen kabi millionlab yoşlarga boğliq ekanini aslo unutma! Ilm-ma’rifat örganişga sidqidildan harakat qil! Çunki bilim va tafakkur bitmas-tuganmas boylikdir.
Yodda tutginki, yoşlikda olingan bilim xuddi toşga öyilgan naqş kabi sira öçmaydi, baxtli, kuçli va barkamol inson bölib hayot keçirişing uçun butun umr senga hamrohu hamnafas böladi.
Töğri, bugun sen va sen mansub bölgan avlodni mutolaadan çalğitadigan maşğulotlar, vaqti, e’tibori va imkoniyatlarini öğirlaydigan texnologiyalar köpaymoqda.
Zamonaviy gadjetlar va sun’iy intellektdan unumli foydalan, ammo ularga qaram bölib qolişdan ehtiyot böl!
“Oltin zanglamas” deganlaridek, çinakam bilim va ma’rifat heç qaçon öz qadr-qimmatini yöqotmaydi”, Şavkat Mirziyoyev.
Prezident nabirasiga nasihat qilib, ilm-fan yangiliklarini sinçkovlik bilan kuzatib, ularning mohiyatini anglaşga harakat qilişni aytgan. Xorijiy tillarni özlaştirişga rağbatni aslo susaytirmaslik zarurligini bildirgan. Şuningdek, Özyuyekiston yetakçisi har kuni bilim olişga, yangi könikma va tajriba orttirişga harakat qilişni, biror işga qöl ursa, uni albatta oxiriga yetkazişni, bugungi işni aslo ertaga qoldirmaslikni nasihat qilgan.
“Sen dunyoga kelgan kuningdan buyon qalbimizga olam-olam quvonç baxş etmoqdasan. Ilk bor tetapoya qilib yurganing, tiling çiqib, biyron-biyron sözlay boşlaganing, qisqasi, har bir olğa taşlagan qadamingni çeksiz şodlik va ulkan ğurur bilan kuzatamiz. Şunday kezlarda “danagidan mağzi şirin” degan ibora qançalik töğri ekaniga takror-takror amin bölaman.
Asta-sekin hayotingdagi muhim davrlarga kirib bormoqdasan. Fursatdan foydalanib, senga vaqtning qadri xususida ham ikki oğiz nasihat qilişni lozim topdim”, deydi Prezident.
Şu bilan birga, Şavkat Mirziyoyev vaqtning qadriga yetiş zarurligini qayd etgan.
“Mendan “Bobojon, hozir sizga nima köproq yetmaydi?” deb sörasang, heç ikkilanmay “Vaqt yetmaydi, vaqt!” deb javob beraman. Ongu tafakkurimni jonajon yurtimizni yanada yuksaltirişga qaratilgan köp-köp yangi ğoyalar, ilğor taşabbuslar band etgan. Afsuski, ularning barini yuzaga çiqarişga vaqt kamlik qilyapti. Şu sababli, kam uxlab, köp işlaşga töğri kelmoqda. Yaratgan Egam zimmamga şunday ulkan mas’uliyatni yuklagan ekan, şirin uyqudan, halovatdan voz keçmasam bölmaydi. Xalqim tunda osuda uxlaşi uçun ham men har doim bedor bölmoğim kerak, axir!
Unutma, vaqt şunday boylikki, uning bahosi yöq. Uni ortga qaytariş, tiklaş ham imkonsizdir. Şunday ekan, har bir daqiqani ğanimat bil!
Yana bir gapni aytmasam bölmaydi, bolajonim! Hayotda könglingga tukkan işlaring har doim ham tez va soz amalga oşmasligi, gohida omad yuz ögirişi ham mumkin. Şunday pallalarda şoşqaloqlik va umidsizlikdan yiroq bölib, sabr va irodaga suyanmoq lozim.
Şuni doimo yodda tutginki, çinakam muvaffaqiyat bu – muvaffaqiyatsizlikdan xulosa çiqarib, ruhni çöktirmay, çidam va jasorat bilan oldinga borişdir. Hayotdagi eng katta yutuq heç qaçon yiqilmaslikda emas, balki yiqilgan taqdirda ham özida kuç topib qayta tura bilişdadir. Şuning uçun heç qaçon yengildim dema! Tuşkunlikka tuşma! Faqat olğa va yana olğa yur!
Ezgu niyat, qat’iy amal va gözal fazilatlar bilan yaşasang, aslo kam bölmaysan. Ilm-ma’rifat va qat’iy intizomga tayangan mehnat esa noningni butun, el-yurt orasida nomingni aziz qiladi”, deydi Prezident.
Şuningdek, Özbekiston yetakçisi bayroq – vatan, milliy ğurur timsoli ekanini, kindik qoni tökilgan yurtni sevgan inson uning ramzlarini ham köz qoraçiğidek asrab-avaylaşini bildirgan.
“Men har gal özga yurtlarda safarda yurganimda sizlarni, Özbekistonni juda soğinaman. Bamisoli daryo sohilidan toşgandek, soğinç qalbimdan toşganda bayroğimizga qarayman.
Bayroq – Vatanimiz, milliy ğururimiz timsoli. Kindik qoni tökilgan yurtni sevgan inson uning ramzlarini ham köz qoraçiğidek asrab-avaylaydi.
Men Özbekistonda ösib-ulğayib kelayotgan har bir bola ona diyorimizni çin dildan yaxşi körişi, bayroğimizni or-nomusimiz va şarafimiz ramzi sifatida qadrlab, uni hamişa baland kötarişini istayman.
Sen ham kelajakda qaysi kasb-korni egallaşingdan qat’i nazar, Vatanga naf keltirmoqqa, el koriga yaramoqqa intil!
Işonçim komil, bugun biz amalga oşirayotgan ulkan islohotlar Yangi Özbekistonimiz dunyoning eng rivojlangan davlatlari safiga kirişi uçun mustahkam zamin böladi.
Oldimizga qöygan yuksak marralar, uluğvor maqsadlarga erişiş butun xalqimiz bir tanu bir jon bölib harakat qilişi, millat va davlat yakdilligini talab etadi. Bu yölda sizlar ham özingizning bor aql-zakovatingiz va kuç-ğayratingizni işga solib, astoydil harakat qilişingiz kerak.
Odamiylik – insonning asl ziynati. Har qanday vaziyatda ham inson bölib qolmoq muhimdir. Mardlik, oriyat, vatanparvarlik, halollik, kamtarlik, mehnatsevarlik, olijanoblik kabi fazilatlaringni gavhar kabi asrab-avaylagin!” deydi Prezident.
Şavkat Mirziyoyev maktub yakunida Özbekiston bolalariga ham dil sözlarini qayd qilgan.
“Könglimda senga aytadigan gaplarim köp, ammo davlat işi bilan boğliq vazifalar bois maktubimni hozirça şu yerda töxtatişga majburman.
Sen ham, tengdoşlaring ham bir narsani doimo yodingizda tuting: sizlar bobo-buvilaringiz, ota-onangizning köz qaroği, bebaho boyligisiz.
Mening öz fikrlarim yurtimizdagi har bir bobo va ota, har bir buvi va onaning öz aziz dilbandlariga atagan yurak sözlaridir.
Mening öz nasihatlarim Özbekistonning barça bolalariga bağişlangan ezgu tilaklardir.
Sizlarni juda soğinganman. Nasib etsa, tez orada diydorlaşamiz.
Baxtimizga hamişa soğ-omon bölgin!
Ilohim, kamolingni, iqbolingni körib yuraylik!” deydi Şavkat Mirziyoyev.
Live
Barçasi