Şavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan Iordaniyaga bordi

O‘zbekiston

−

visibility631 timer1 daqiqa

image

Bugun, 23 noyabr kuni Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev rafiqasi hamrohligida davlat taşrifi bilan Iordaniyaga bordi. Bu haqda Özbekiston yetakçisining matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilişiça, mamlakat havo hududida davlat rahbarining samolyotiga Podşohlik Harbiy-havo kuçlarining qiruvçi uçoqlari hamrohlik qilgan.

Malika Aliya nomidagi xalqaro aeroportda Prezident va uning rafiqasini Iordaniya Podşohi Abdulla II ibn al-Husayn va Malikasi Raniya al-Abdulla, şahzoda Ğoziy ibn Muhammad va rafiqasi kutib olgan.

Oliy martabali mehmonlar şarafiga faxriy qorovul saf tortgan. Yetakçilar rasmiy delegatsiyalar a’zolarini qutladilar va faxriy qorovul safi oldidan ötgan.

Taşrifning asosiy tadbirlari ertaga, 24 noyabr kuni bölib ötadi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing