Uruş tugaganidan keyin Ukraina çegaralari özgarişi mumkin – Tramp

Olam

−

image

AQŞ Prezidenti Donald Tramp Ukraina bilan tinçlik kelişuvi doirasida mamlakat çegaralari özgarişi mumkinligini aytdi. Uning fikriça, uruş yakunlanganidan keyin Ukraina hozirgidan boşqaça hududiy körinişga ega böladi. Bu haqda u CBS telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.

“Menimça, biz bunga erişamiz, yakunda Ukraina biroz boşqaça şaklga ega böladi. Qarang, agar men prezident bölganimda, bu uruş boşlanmagan bölardi”, degan Tramp.

Uning qöşimça qilişiça, yaqin kunlarda “juda muhim uçraşuv” bölib ötadi. Şuningdek, Rossiya va Ukraina örtasidagi mojaro tez orada yakunlanadi.

Ma’lumot uçun, joriy yilning 10–11 noyabr kunlari Abu-Dabida Rossiya, Ukraina va AQŞ delegatsiyalari iştirokida uç tomonlama maslahatlaşuvlar ötkazilişi kutilmoqda. Yopiq eşiklar ortida bölib ötadigan uçraşuvlarda tomonlarning xavfsizlik kafolatlari muhokama qilinadi. 

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy joriy yilning 21 oktyabr kuni mamlakatdagi mavjud vaziyatni muzlatib qöyiş va Ukraina hududining 75 foizi yoki undan köproğini saqlab qolişni nazarda tutuvçi kelişuvga rozi ekanini bildirgan edi. Bunga javoban Rossiya Prezidenti Vladimir Putin gap Rossiyaning tarixiy yerlari haqida ketayotganini ta’kidlagan.

Putin avval ham Moskva vaqtinçalik sulh emas, balki uzoq muddatli kelişuv tarafdori ekanini bir neça bor aytgan. Uning ta’kidlaşiça, bunga erişiş uçun mojaroning dastlabki sabablari, jumladan, Ukrainada rus tilida sözlaşuvçi aholining kamsitilişi hamda NATO kengayişi bilan boğliq milliy xavfsizlik tahdidlari bartaraf etilişi kerak.

Eslatib ötamiz, avvalroq AQŞ Prezidenti Donald Tramp tinçlik kelişuviga erişilmasa, Rossiya va Ukrainaga 200 foizlik boj joriy etiş mumkinligini aytgandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing