Rossiya Ukrainaga yuzlab dronlar bilan hujum qildi
Olam
−
1363 2 daqiqa
Rossiya keça, 28 noyabrdan bugun, 29 noyabrga ötar keçasi Ukraina hududiga 140 ta zarba beruvçi dron uçirdi. Ukraina havo mudofaasi ularning 101 tasini urib tuşirdi yoki zararsizlantirdi. Hujumlar oqibatida mamlakatning 27 ta hududida zarbalar qayd etildi. Bu haqda Ukraina Qurolli kuçlari Harbiy-havo kuçlariga tayanib, UNN xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, Rossiya tomonidan uçirilgan dronlar orasida “Şahed” turidagi zarba beruvçi uçuvçisiz uçiş apparatlari, jumladan, reaktiv dvigatelli 93 ta dron, şuningdek, “Gerbera” va “Parodiya” turidagi aldamçi dronlar bölgan.
Hujumlar Rossiyaning Oryol va Millerovo şaharlari, şuningdek, Rossiya tomonidan vaqtinça bosib olingan Qrim va Donetsk hududlaridan amalga oşirilgan.
Bugun, 29 noyabr kuni soat 07:30 holatiga köra, havo mudofaasi 101 ta dronni yöq qilgan yoki zararsizlantirgan. Ularning 55 tasi reaktiv dvigatelli “Şahed” dronlari bölgan. Rossiyaning havo hujumi vositalari 27 ta joyga urilgan, urib tuşirilgan dronlar qoldiqlari esa 13 ta hududga tuşgan.
Harbiy-havo kuçlari hujum paytida Ukraina havo hududida bir neçta Rossiya droni aniqlanganini va hujum davom etayotganini ham ma’lum qilgan.
Şuningdek, 29 noyabr kuni kunduzi ham Ukrainada havo hujumi xavfi saqlanib qolgan. Harbiy-havo kuçlari Çernigov, Dnepr, Zaporoje, Nikolayev, Odessa, Xarkov, Çerkassi va Kiyev viloyatlarida dronlar harakati hamda havo hujumi xavfi haqida ogohlantirişlar bergan. Soat 11:50 da Xarkov şahri ustida Rossiya droni aniqlangani xabar qilingan.
Uşbu kunduzgi ogohlantirişlarda yangi hujumlar böyiça dronlarning umumiy soni yoki urib tuşirilgan apparatlar miqdori keltirilmagan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Ukraina harbiylari Rossiyaning Rostov viloyatidagi Novoşaxtinsk neftni qayta işlaş zavodiga dronlar bilan hujum qilgani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barçasi