“UzAutoMotors” ishi sudda qaytadan ko‘riladi

Jamiyat

image
“UzAutoMotors” yil boshidan beri davlatga 582,6 mlrd so‘mni to‘lamagani ma’lum bo‘ldi north_east

“UzAutoMotors” yil boshidan beri davlatga 582,6 mlrd so‘mni to‘lamagani ma’lum bo‘ldi

Joriy yilning 11 dekabr kuni Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi va “UzAutoMotors” aksiyadorlik jamiyati o‘rtasidagi ish Toshkent shahar ma’muriy sudida qaytadan ko‘rib chiqiladi.

Sud MQKQning hal qiluv qaroriga nisbatan keltirgan apellyatsiya shikoyatini qabul qilgan.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherboyev mazkur ish qaytadan ko‘rib chiqilishiga munosabat bildirib, barcha asoslar xolis va har tomonlama ko‘rib chiqilishiga umid bildirgan. 

Ma’lumot o‘rnida, “UzAutoMotors”ning Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi maxsus komissiyasi qarorini haqiqiy emas, deb topish to‘g‘risidagi shikoyat arizasi bo‘yicha sud joriy yilning 30 oktyabr kuni hal qiluv qarori qabul qilgandi.

Sud o‘z qarori bilan Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi Maxsus komissiyasining 21/31-sonli ishi bo‘yicha 2020 yil 19 avgustdagi qarorini haqiqiy emas deb topgan.


Maqola muallifi

Teglar

UzAutoMotors

Baholaganlar

628

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing