“UzAutoMotors” yil boshidan beri davlatga 582,6 mlrd so‘mni to‘lamagani ma’lum bo‘ldi
Jamiyat
−
18 noyabr 2020
14289“UzAutoMotors” AJ 2020 yilning sentyabr-yanvar oylarida davlatga 600 mlrd so‘mga yaqin yig‘imni to‘lamagan. Bu haqda Hisob palatasining “2021 yil uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti to‘g‘risida”gi Qonuni loyihasi va 2021 yil uchun Byudjetnoma bo‘yicha xulosasida aytib o‘tilgan.
Ta’kidlash joizki, O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 460-moddasida avtotransport vositalarini sotib olganlik va (yoki) O‘zbekiston Respublikasi hududiga vaqtinchalik olib kirganlik uchun yig‘im mamlakatning o‘zida ishlab chiqarilgan avtotransport vositalari sotib olinganda, yig‘im qonun hujjatlarida belgilangan tartibda avtotransport vositalarini ishlab chiqaruvchilar tomonidan to‘lanishi belgilangan.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 18 iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasi avtomobil sanoatini jadal rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4397-son qarorining 3-bandiga asosan 2019 yil 1 oktyabrdan boshlab mamlakatda ishlab chiqarilgan yangi avtotransport vositalarini sotib olganlik uchun yig‘im (avtomobil narxining 3 foizi miqdorida) avtotransport vositalari ishlab chiqaruvchilari tomonidan to‘lanishi qayd etilgan.
Biroq, “O‘zavtosanoat” AJ tizimidagi avtotransport vositalari ishlab chiqaruvchilari tomonidan 2020 yil davomida yig‘im to‘lanmasdan kelinmoqda.
Ma’lumot uchun, “UzAutoMotors” AJ tomonidan 2020 yilning yanvar-sentyabr oylarida 582,6 mlrd so‘m yig‘im to‘lanmagan.
Hisob palatasi yuqoridagilarni inobatga olib, “O‘zavtosanoat” AJ tizimidagi avtotransport vositalari ishlab chiqaruvchilarni yig‘im to‘lashdan ozod etishni belgilovchi imtiyozni qayta ko‘rib chiqish maqsadga muvofiq deya xulosa bergan.
LiveBarchasi