Urush qurbonsiz bo‘lmaydi! Tomonlar nimalarni yo‘qotdi?
Olam
−
26 fevral 2022
19613Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi oqibatida 3500 ga yaqin rus askari halok bo‘ldi, 200 nafari asirga olindi. Bu haqda Ukraina Prezidenti devoni maslahatchisi Mixail Podolyak ma’lum qildi.
Ommaviy axborot vostalarida qayd etilishicha, Rossiya harbiylari Kiyev chekkasidagi aerodromni egallab olgan va bu operatsiya davomida Ukraina tomoni 200 dan ortiq odamni yo‘qotgan.
Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, Ukrainaning 6 ta jangovar samolyoti, 1 ta vertolyoti, 5 ta droni urib tushirilgan. Shuningdek, 67 ta tank va boshqa zirhli texnikalar, 16 ta raketa tizimi hamda 87 ta boshqa harbiy texnika yo‘q qilingan.
Ukraina Qurolli kuchlari Bosh qo‘mondoni bortida 126 nafar desantchilar bo‘lgan IL-76 samolyoti Vasilkov (Kiyev viloyati) yaqinida urib tushirilganini ma’lum qildi.
Shuningdek, bugun, 26 fevral kuni yarim tunda Rossiyaning bir vertolyoti va Su-25 hujumchi samolyoti Ukrainaning S-300 zenit-raketa majmuasi tomonidan urib tushirildi.
Rossiyaning Ukrainaga bosqini
Joriy yilning 21 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Kremlda Ukraina sharqidagi o‘zini mustaqil deb e’lon qilgan Lugansk xalq respublikasi (LXR) va Donetsk xalq respublikasini (DXR) tan olish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Keyinroq RF respublikalarni shu nomdagi viloyatlar chegaradagi tan olganini ta’kidlab, Ukrainaga qarshi urush xavfini oshirib yubordi.
Putinning favqulodda qarori ortidan AQSH, YeI, Kanada, Avstraliya, Buyuk Britaniya va Yaponiya rasmiylari ham Rossiyaga qarshi sanksiyalar kiritdi.
24 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Ukraina sharqida Donbassda rus harbiylari "maxsus harbiy operatsiya" boshlaganini e’lon qildi va rus qo‘shinlari Ukrainaga hujum boshladi. Putin bu harakatini Ukraina sharqidagi rossiyaparast separatist kuchlar rahbarlari shunday so‘rov yuborgani bilan oqladi.
Buning ortidan Zelenskiy Rossiya fuqarolariga rus tilida murojaat qilib, ukrainlarga “na sovuq, na issiq, na gibrid urush kerak emas”ligini, ukrainlar hujumchilarni kutib olishga tayyorligini bildirdi. Ko‘p o‘tmay Prezident Rossiya bilan diplomatik aloqani uzdi.
Rus qo‘shinlari dastlab Kiyev va Xarkovga raketa hujumi uyushtirdi. Prezident Zelenskiy mamlakatda harbiy holat e’lon qildi. Shuningdek, rasmiy idora rus qo‘shinlari Xarkov va Odessa viloyatiga kirib borganini bildirdi.
Hujum boshlanganidan ko‘p o‘tmay, LXR Ichki ishlar vaziri maslahatchisi Vitaliy Kiselev Schaste va Stanitsa shaharchalari LXR nazoratiga o‘tganini e’lon qildi.
Ukrainaga hujum boshlanishi Rossiya iqtisodiga og‘ir zarba berdi. Rus kompaniyalari aksiyalari keskin arzonlashdi, Moskva birjasida savdolar mislsiz darajada pasayish bilan o‘tdi. Gazprom, LUKOYL va boshqa yirik kompaniyalar yo‘qotishlarga uchradi.
25 fevral kuni Zelenskiy Ukrainada umumiy harbiy safarbarlik e’lon qildi. Armiyaga chaqiruv mamlakatning qator viloyat va shaharlarida amalga oshirilishi belgilandi.
LiveBarchasi
Medvedev Xitoyga bordi.
10:15