O‘ldirilgan Gaiti Prezidentining bevasi qanday holatda ekani ma’lum bo‘ldi
Olam
−
15 iyul 2021
11926Suiqasd qilingan Gaiti Prezidenti Jovenel Moizning rafiqasi Martin Moiz tibbiy yordam uchun shifokorlarga minnatdorlik bildirdi va shifoxonadagi fotosuratini taqdim etdi. Bu haqda u o‘zining Twitter’ida ma’lum qilgan.
“Ushbu dahshatli vaqtni boshdan kechirishda menga yordam bergan qo‘riqchi farishtalar jamoasiga rahmat. Sizning mehringiz va g‘amxo‘rligingiz tufayli men bardosh bera oldim. Rahmat, rahmat, rahmat”, deb yozgan Prezidentning bevasi.
Eslatib o‘tamiz, Gaiti Prezidenti 7 iyulga o‘tar kechasi shaxsiy qarorgohiga qilingan hujumda o‘ldirildi. Hujumda uning rafiqasi Martin Moiz ham jarohat oldi. Keyinchalik uning o‘limi to‘g‘risida ma’lumotlar paydo bo‘ldi, ammo Gaitining Dominikan Respublikasidagi elchixonasi bu xabarlarni rad etdi.
Keyinchalik, Gaitining AQSHdagi elchisi Bokchit Edmond Respublikaning birinchi xonimi Martin Moiz davolanish uchun Mayamiga olib borilishini ma’lum qildi.
Ma’lumot o‘rnida, Gaiti Senati (parlamentning yuqori palatasi) o‘z spikeri Jozef Lamberni Respublikaning muvaqqat Prezidenti deb e’lon qilgan.
LiveBarchasi