Ukraina va Germaniya xavfsizlik bo‘yicha o‘zaro shartnoma imzoladi (video)
Olam
−
16 fevral
3893Germaniya va Ukraina xavfsizlik bo‘yicha majburiyatlar va uzoq muddatli qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ikki tomonlama shartnoma imzoladi. Bu haqda Germaniya kansleri Olaf Shols X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi.
“Kerakligicha Zelenskiy bilan bugun xavfsizlik bo‘yicha uzoq muddatli majburiyatlarimiz bo‘yicha shartnoma imzoladik”, degan Shols.
Kansler kelishuvni tarixiy qadam deb atagan va Germaniya Kiyevni qo‘llab-quvvatlashiga va’da bergan.
Qo‘shimcha manbalarning ta’kidlanishicha, hujjat tafsilotlari hozircha noma’lum, ammo u NATO doirasida taqdim etilgan xavfsizlik kafolatlarini anglatmaydi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Zelenskiy joriy yilning 16-18 fevral kunlari bo‘lib o‘tadigan Myunxen xavfsizlik konferensiyasida ishtirok etish niyatida ekani haqida xabar bergan edik. Shuningdek, Germaniyadan oldin Britaniya Kiyev bilan xavfsizlik kafolatlari to‘g‘risida bitim tuzgan ilk davlat bo‘ldi. 2023 yilning avgustida esa Zelenskiy Ukrainaga xavfsizlik kafolatlarini berishga tayyor 12 davlat haqida aytgan edi. Shols ham o‘z navbatida Ukraina uchun xavfsizlik kafolatlarini e’lon qilgan.
LiveBarchasi