Ukrainaga xavfsizlik kafolatlarini berishga 12 davlat tayyor – Zelenskiy

Olam

image

Ukrainaga xavfsizlik kafolatlarini taqdim etish bo‘yicha G7 qo‘shma deklaratsiyasiga 12 davlat qo‘shildi. Bu haqda kecha, 2 avgust kuni Prezident Vladimir Zelenskiy Ukrainaning xorijiy diplomatik muassasalari rahbarlari bilan uchrashuvda ma’lum qildi.

Zelenskiyning aytishicha, Belgiya, Daniya, Irlandiya, Islandiya, Ispaniya, Norvegiya, Niderlandiya, Portugaliya, Ruminiya, Finlyandiya, Chexiya va Shvetsiya Ukrainaga xavfsizlik kafolatlarini taqdim etish bo‘yicha deklaratsiyaga qo‘shilgan.

“Bu hafta biz ikki tomonlama kelishuvlar ustida ish boshlayapmiz va Qo‘shma Shtatlar biz ishlayotgan birinchi davlat bo‘ldi”, dedi Ukraina rahbari. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, yil oxirigacha NATOga qo‘shilishgacha bo‘lgan davr uchun xavfsizlik kafolatlari paketi “juda aniq” bo‘lishi kerak.

Ma’lumot uchun, joriy yilning iyul oyida Vilnyusda bo‘lib o‘tgan NATO sammitida G7 davlatlari (AQSH, Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya, Yaponiya, Italiya, Kanada) yetakchilari Ukrainaga xavfsizlik kafolatlarini taqdim etish to‘g‘risidagi deklaratsiyani imzolagan. Hujjatga ko‘ra, “Katta yettilik”ning har bir mamlakati “aniq uzoq muddatli majburiyatlar”ni hal qilish uchun Ukraina bilan muzokara olib borishi kerak. Tez orada bu borada AQSH bilan muzokaralar boshlanishi kutilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

NATO Ukraina Zelenskiy G7 xavfsizlik kafolatlari

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing