Zelenskiy endi Germaniyaga bormoqchi 

Olam

image

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Germaniyaga boradi. Bu haqda “Der Tagesspiegel” gazetasi ma’lum qildi. 

“Keyingi hafta oxirida Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy urush boshlanganidan beri ikkinchi rasmiy tashrifi bilan Germaniyaga boradi", deb yozadi nashr. 

Unga ko‘ra, Zelenskiy joriy yilning 16-18 fevral kunlari bo‘lib o‘tadigan Myunxen xavfsizlik konferensiyasida ham ishtirok etish niyatida. 

Qayd etilishicha, tashrif dasturi va aniq jadval hanuz xavfsizlik nuqtai nazaridan sir saqlanmoqda. Myunxen konferensiyasi rahbari Kristof Xoysgen Ukraina rahbarining forumda ishtirok etishini rasman tasdiqlamagan. 

Ma’lumot uchun, 2023 yil may oyida Zelenskiy Rossiya bosqini boshlanganidan keyin birinchi marta Germaniyaga tashrif buyurib, Berlinda Germaniya kansleri Olaf Shols bilan uchrashgan. 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 15 yanvar kuni 46 yoshli Zelenskiy Shveysariyaga safar qilib, mamlakat parlamentining har ikki palatasi rahbarlari, partiya yetakchilari, Prezident, Lyuksemburg Bosh vaziri Lyuk Friden va NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg bilan uchrashgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Germaniya konferentsiya Vladimir Zelenskiy Myunxen

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing