UFC rahbari Konor va Pore o‘rtasidagi jang o‘tkazilishini ma’lum qildi
Sport
−
15 aprel 2021
9819Irlandiyalik UFC jangchisi Konor Makgregor va amerikalik jangchi Dastin Porening bo‘lajak jangi uchun promo-rolik e’lon qilindi.
Twitter'da e’lon qilingan videoda UFC rahbari Dana Uayt bir qator yangiliklarni ma’lum qilgan.
Unga ko‘ra, Makgregor va Pore o‘rtasidagi jangda maydon yuz foiz to‘la bo‘lishi kutilmoqda. Dana Uayt musobaqada 20 mingga yaqin kishi qatnashishini ta’kidlagan.
The Vegas Strip and @TMobileArena are calling us home 🤩
— UFC (@ufc) April 14, 2021
[ Pre-register for #UFC264 tickets on https://t.co/Hy57WJ5MQ3 ] pic.twitter.com/SkKmCzTgh4
Bundan avval jangchilar o‘rtasida mojaro kelib chiqqandi. Amerikalikning ma’lum qilishicha, Makgregor uning fondiga 500 ming dollar o‘tkazishini aytgan, ammo u va’dasining ustidan chiqmagan.
Bunga javoban irlandiyalik jang bekor qilinganini va boshqa jangchi bilan kurashishini ma’lum qilgandi.
Eslatib o‘tamiz, Konor Makgregor va Dastin Pore o‘rtasidagi uchinchi jang 10 iyul kuniga rejalashtirilgan edi.
Ma’lumot o‘rnida, Konor va Pore avval ham ikki marotaba to‘qnash kelgan. Birinchi jang 2014 yilning sentyabr oyida bo‘lib o‘tgan va unda irlandiyalik Konor amerikalik Dastinni birinchi raunddayoq nokautga uchratgan edi.
Ikkinchi jang esa joriy yilning yanvar oyida bo‘lib o‘tdi va unda aksincha, Makgregor Dastinga nokaut bilan yutqazdi. Bu nokaut Konorning faoliyatidagi birinchisi bo‘ldi.