“Konorcha aytishuv”: Makgregor va Sexudo Twitter’da janjallashdi
Sport
−
17 yanvar 2022
3138Ikki vazn toifasida UFC sobiq chempioni Konor Makgregor 34 yoshli Genri Sexudo va tashkilot prezidenti Dana Uayt o‘rtasidagi mojaroga munosabat bildirdi.
“Genri Sejudo biroz kutadi”, deya yozgan Makgregor.
Sobiq chempion Sexudo Makgregorga javob qaytardi va uni “kichik og‘ir” deb ta’rifladi:
“Farting haqida nimani tushunasan? Senda doimo gaz tugab qoladi”.
Eslatib o‘tamiz, Sexudo UFC 273 turnirida avstraliyalik Aleks Volkanovski bilan jang qilish uchun Maks Xollouey o‘rniga Jung Chang Sonni tanlashga qaror qilgani haqida gapirgan edi. Genrining fikricha, Uayt bu vaziyatda nomardlik qilgan.
Ma’lumot uchun, Makgregor so‘nggi marta 2021 yil 11 iyul kuni UFC 264 turnirida Dastin Porega qarshi bahs olib borgan va oyog‘ining goleynostop qismini sindirib olgan edi.
Pekin Olimpiadasi chempioni Genri Sexudo esa so‘nggi bor 2020 yilning may oyida UFC 249 musobaqasida jang qilgan va Dominik Kruz ustidan texnik nokaut evaziga g‘alaba qozonib, super yengil vazn toifasidagi kamarini muvaffaqiyatli himoya qilgan edi. Ushbu musobaqa yakunlangach, UFC’ni tark etgan.
LiveBarchasi