Konor qachon oktagonga qaytadi? UFC prezidenti javob berdi

Sport

image

UFC prezidenti Dana Uayt ikki vazn toifasida sobiq chempion irlandiyalik Konor Makgregor qachon qaytishi haqida gapirdi.

“O‘ylaymanki, u yozda qaytib keladi, garchi aniq ayta olmasam ham. Hamma narsa oyog‘ining qanday tuzalishiga, shuningdek, yozgacha sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan millionlab boshqa narsalarga bog‘liq bo‘ladi. Bu mavzu bo‘yicha spekulyatsiya qilish shunchaki ahmoqlik va men buni qilishni allaqachon to‘xtatdim. Konor menga qo‘ng‘iroq qilib, tayyor ekanligini va to‘liq mashg‘ulotlarga kirishganini aytganida, biz uning qaytishi mumkin bo‘lgan variantlarni muhokama qilishni boshlaymiz”, deydi Uayt.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 13 yanvar kuni “Notorius”ning Dublindagi 2 million funt qiymatga ega bari hujumga uchragan.

Ma’lumot uchun, hozirda Makgregor musobaqalarda qatnashmayapti, chunki u 2021 yil iyul oyida o‘tkazilgan UFC 264 turniri doirasida oyog‘ining goleynostop qismini sindirib olgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

UFC Konor Notorius Uayt

Baholaganlar

49

Reyting

3.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing