2022 yil UFC’da nimalar ro‘y beradi? 

Sport

image

Taniqli MMA sharhlovchisi Mark Raymondi 2022 yilda UFC chempioni sodir bo‘lishi mumkinbo‘lgan voqeliklar haqida fikr bildirdi. 

Uning fikricha, 2022 yilda yengil vazn toifasi vakili Islom Maxachev va yarim og‘ir divizion jangchisi Magomed Ankalayev liga chempioni bo‘ladi. Raymondi, shuningdek, yarim o‘rta vazn toifasida Xamzat Chimayev kamar sohibiga aylanishiga ishonmoqda.

Bundan tashqari, 2022 yilda Neyt Diaz boksda o‘zini sinab ko‘rish uchun UFC’ni tark etadi. mutaxassisning fikricha, ikki divizion sobiq chempioni Konor Makgregor chempionlik jangida ishtirok etadi, qirg‘izistonlik Valentina Shevchenko esa ikki divizion chempionligi uchun oktagonga ko‘tariladi. Shuningdek, UFC rahbariyati ayollar o‘rtasida eng yengil vazn toifasi paydo bo‘lishini e’lon qilishadi, ya’ni atom toifasi deb ataladigan divizion.

Eslatib o‘tamiz, Konor Makgregor o‘zining Instagram sahifasida yengil vaznning amaldagi chempioni, braziliyalik Charlz Oliveyrani jangga chorlagan va uni osonlikcha mag‘lub etishini ma’lum qilgan.

Undan avval esa yengil vazn toifasining 1-raqamli jangisi Jastin Getji irlandiyalik “notorius” chempionlik jangida ishtirok etsa, tashkilotga nisbatan ishonchi so‘nishini aytgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

UFC Konor Getji Mark Raymondi

Baholaganlar

259

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing