Xollouey Konordan revansh olishga tayyor
Sport
−
16 aprel
1972UFC 300 musobaqasida hamyurti Jastin Getji ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng BMF (Eng xavfli bastard) kamari sohibiga aylangan amerikalik aralash yakkakurashchi Maks Xollouey irlandiyalik Konor Makgregorga qarshi kamarni himoya qilishga tayyorligini ma’lum qildi.
Hozirda Xolloueyning oldida bir qancha variantlar mavjud. U yengil vazn toifasidagi chempionlik unvoni uchun ispaniyalik Iliya Topuriyaga qarshi jang qilishi yoki Makgregor bilan to‘qnashuv orqali katta gonorarga ega bo‘lib olishi mumkin.
“Konor Makgregor o‘zini eng xavfli jangchi deb hisoblardi. Bizda u bilan jang qilish varianti ham bor”, deydi Xollouey.
Qayd etish joiz, bungacha Xollouey 2013 yil avgust oyida UFC turnirda Makgregor bilan jang qilib, hakamlarning yakdil qarori bilan imkoniyatni boy bergan.
LiveBarchasi