Jinoiy guruhlarga qarshi o‘tkazilgan tadbirlarda ushlangan yana uch kishiga sud hukmi o‘qildi

3-sahifa

image

Toshkentda “Dolzarb qirq kunlik” tadbirlari doirasida qo‘lga olinib, jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan yana uch kishiga sud hukmi o‘qildi. Bu haqda poytaxt IIBB xabar berdi.  

  1. Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirobod tumani sudining 30 aprel kunidagi hukmiga bilan 1987 yilda tug‘ilgan Sabirdjanov Xasan Abdusamatovich O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi (Bezorilik) 3-qismi “a” bandi, 168-moddasi (Firibgarlik) 2-qismi “b” bandi bilan aybli deb topilib, to‘rt yil to‘qqiz oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.
  2. Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirobod tumani sudining 30 aprel kunidagi hukmiga bilan 1987 yilda tug‘ilgan Sabirdjanov Xusan Abdusamatovich O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi (Bezorilik) 3-qismi “a” bandi, 168-moddasi (Firibgarlik) 2-qismi “b” bandi bilan aybli deb topilib, to‘rt yil o‘n oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.
  3. Jinoyat ishlari bo‘yicha Uchtepa tumani sudining 3 may kunidagi hukmiga ko‘ra, 1977 yilda tug‘ilgan Urazov Marat Pulatovich O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) 3-qismi “b” bandi bilan aybli deb topilgan. Yetkazilgan moddiy zarar to‘liq qoplanganligi inobatga olinib, ish haqining 25 foizini davlat daromadi hisobiga ushlab qolgan holda bir yil to‘qqiz oy yigirma yetti kun muddatga axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlangan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq “Dolzarb qirq kunlik” tadbirlari doirasida qo‘lga olingan Niyoz Ibodov, Bahodir Sultonov, “Ziki Eskishahar” laqabi bilan tanilgan Lutfulla Umarov, shuningdek, Alibek FayziyevOlimjon Amonov, Azlarxon Muxamedjanov, Sunnatilla Xolmurodov va Umidjon Ўриновгa sud hukmi o‘qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent Dolzarb qirq kunlik hukmi o'qildi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing