U ulug‘ rahbar edi – Mehribon Aliyeva qaynotasini xotirladi 

Olam

image

Ozarbayjonning birinchi vitse-prezidenti – birinchi xonim Mehribon Aliyeva o‘zining Instagram'dagi rasmiy sahifasida qaynotasi, mamlakatning sobiq Prezidenti Haydar Aliyev tavalludining 98 yilligi munosabati bilan post qoldirdi.  

"Bugun butun hayotini o‘z Vatani Ozarbayjonga xizmat qilishga bag‘ishlagan buyuk shaxs Haydar Aliyev tavalludining 98 yilligi. Haydar Aliyev yonimizda emas, lekin uning g‘oyalari biz bilan, yashaydi, rejalari amalga oshirilmoqda. Muhimi, uning eng ezgu istagi amalga oshirildi – Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti, Oliy Bosh qo‘mondon Ilhom Aliyev rahbarligida 30 yilga yaqin bosib olingan yerlarimiz ozod etildi. Men ulug‘ rahbar Haydar Aliyevning unutilmas xotirasini hurmat qilaman. Mamlakatimizga tinchlik, farovonlik tilayman", deyilgan Ozarbayjonning birinchi vitse-prezidenti postida. 

Shuningdek, bugun, 10 may kuni Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev va birinchi xonim Mehribon Aliyeva buyuk rahbar qabrini ziyorat qilgan.

Ozarbayjonning sobiq Prezidenti Haydar Aliyev mamlakatni 1993 yildan 2003 yilgacha boshqargan. U 2003 yil 12 dekabrda vafot etgan. Hozirda mamlakatga uning o‘g‘li Ilhom Aliyev rahbarlik qiladi.

Ma’lumot o‘rnida, 2020 yil sentyabr oyi oxirida Tog‘li Qorabog‘da harbiy harakatlar qayta boshlandi, bu 1988 yilda boshlangan mojaroning davomi bo‘ldi. Yangi to‘qnashuv tinch aholining qurbon bo‘lishiga olib keldi. 

Sulh bitimini tuzishga bo‘lgan bir necha urinishlardan so‘ng, 9 noyabr kuni Rossiya, Armaniston va Ozarbayjon rahbarlari 10 noyabrdan boshlab Tog‘li Qorabog‘da o‘t ochishni to‘xtatish to‘g‘risida qo‘shma bayonot qabul qildi.  

Shartnomaga muvofiq, Ag‘dam viloyati 20 noyabrda, Kalbajar viloyati 15 noyabrda, Lochin viloyati 1 dekabrda Ozarbayjon nazorati ostiga o‘tdi.


Maqola muallifi

Teglar

Mehribon Alieva

Baholaganlar

206

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing