Turkmaniston Prezidenti ham Toshkentga keldi

Jamiyat

image

O‘zbekiston poytaxti Toshkentda bo‘lib o‘tadigan Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining 16-sammitida qatnashish uchun Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov ham yetib keldi. 

Toshkent xalqaro aeroportida uni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiylar kutib olgan.

Qisqa suhbatdan so‘ng, Oliy martabali mehmon o‘zi uchun ajratilgan qarorgohga jo‘nab ketgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tadigan mazkur sammitda ishtirok etish uchun Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev, Eron Prezidenti Ibrohim Raisiy, Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon, Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an, Qozog‘iston Bosh vaziri Alixan Smailov, Pokiston muvaqqat hukumati rahbari Anvar ul-Haq Kakar Toshkentga yetib kelgan. Bundan tashqari, Turkiyadan o‘zga hech bir mamlakat tomonidan tan olinmagan Shimoliy Kipr Turk Respublikasi (SHKTR) prezidenti Ersin Tatar ham sammitda qatnashish uchun O‘zbekistonga kelgan.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent O'zbekiston Turkmaniston IHT Serdar Berdimuhamedov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing