Turkiyaga yuborilgan O‘zbekiston FVV xodimlari qutqaruv ishlarini boshladi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘iga muvofiq Turkiyadagi zilzila oqibatlarini bartaraf etish maqsadida safarbar etilgan O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi vakillari Hatay viloyatining Ovakent qishlog‘ida qidiruv-qutqaruv ishlarini boshladi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi. 

Qayd etilishicha, ushbu hududda asosan 10 mingdan ortiq etnik o‘zbeklar istiqomat qiladi. 

Ta’kidlanishicha, O‘zbekistonning Anqara shahridagi Elchixonasi va Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi tomonidan o‘zbekistonlik fuqarolarni tabiiy ofat hududlaridan xavfsiz joylarga ko‘chirish va O‘zbekistonga olib kelishga qaratilgan qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. 

Jumladan, 3-6-fevral kunlari Kahramanmarash shahrida 20 yoshgacha bo‘lgan yoshlar o‘rtasida erkin kurash bo‘yicha xalqaro musobaqada ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi Turkiya tomoni bilan hamkorlikda Anqaradagi ta’lim markaziga vaqtinchalik joylashtirilgan va ularning O‘zbekistonga qaytarish masalalari ishlab chiqilmoqda.\

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 6 fevral kuni Turkiyaning janubi-sharqiy viloyatlarida va Suriyaning bir qancha viloyatida 7,9 (dastlabki ma’lumotlarda 7,4) magnitudali kuchli zilzila sodir bo‘ldi. Keyinroq Turkiyada yana 7,7 magnitudali zilzila yuz berdi. Qo‘shni Suriyada esa halok bo‘lganlar soni 1444 nafarni tashkil etib, 3530 kishi yaralangan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiyadagi zilzila

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing