Turkiy davlatlar tashkiloti Qozog‘istonga yordam berishga tayyorligini bildirdi

Olam

image
0:00
0:00
download

Turkiy Davlatlar Tashkiloti Qozog‘istondagi norozilik harakatlari bilan bog‘liq bayonot berib,  Qozog‘istondagi tinchlik va barqarorlikka diqqat bilan kuzatib borilayotgani va tashkilotga a’zo davlat Qozog‘iston bilan kuchli birdamligini bildirgan. Bu haqda Tashkilotning Twitter’dagi sahifasida yozilgan. 

“Turkiy Davlatlar Tashkilotiga a’zo davlatlar sifatida Qozog‘istondagi so‘nggi voqealardan kelib chiqib, Qozog‘istonda tinchlik va barqarorlikka katta ahamiyat berayotganimizni ta’kidlaymiz va a’zo davlatimiz Qozog‘iston bilan mustahkam birdamligimizni bildiramiz. Qardosh qozoq xalqining sog‘lom fikr-mulohazalariga va ularning normal holatga qaytish istagiga tayanamiz. 

Biz Qozog‘iston xalqi bu taranglikni tinch yo‘l bilan bartaraf etishga, tartib va osoyishtalikni tiklashga qodir, deb hisoblaymiz. 

Biz Qozog‘iston hukumati va xalqiga yordam berishga tayyormiz. Voqealarda qurbon bo‘lganlarning yaqinlariga hamdardlik bildiramiz va jarohatlanganlarning tezroq sog‘ayib ketishini tilaymiz”, deyiladi Tashkilot bayonotida. 

Qozog‘istonda namoyishlar 

Qozog‘istonda norozilik aksiyalari yangi yilning ilk kunlaridan boshlandi. Janaozen shahrida avtomobil egalari suyultirilgan gaz narxi 120 tengega (qariyb 3 ming so‘m) ko‘tarilganidan norozi bo‘lib, ommaviy mitingga chiqdi. Tobora olovlangan namoyishlar ortidan Hukumat komissiyasi Aqtau shahridagi “Intimak” maydonida namoyishchilar bilan uchrashgan. Uchrashuv davomida suyultirilgan gaz narxini pasaytirish va Mang‘istau viloyatida gaz narxini litri uchun 50 tenge etib belgilash to‘g‘risida qaror qabul qilingan.    

Muzokara davomida tomonlar barcha yuzaga kelayotgan muammolarni konstruktiv muloqotning asosiy oqimida va amaldagi qonunchilik doirasida hal qilishga kelishib olgan.    

Shuningdek, miting ishtirokchilari javobgarlikka tortilmasligiga ham kafolat berilgandi. Lekin, 5 yanvar kuni Qozog‘iston huquq-tartibot idoralari mamlakatning bir qancha viloyatlarida sodir etilgan noqonuniy harakatlar chog‘ida jamoat tartibini buzganlik uchun 200 dan ortiq kishini qo‘lga oldi.  

5 yanvar kuni, shuningdek, Qozog‘istonning amaldagi Hukumati iste’fo berdi. Prezident Qosim-Jomart To‘qayev Hukumat iste’fosini qabul qildi. Shuningdek, Qozog‘istonning Birinchi Prezidenti - Elboshi Nursulton Nazarboyev Qozog‘iston Xavfsizlik kengashi raisi lavozimidan ketdi. Uning o‘rnini Prezident To‘qayev egalladi.

Shuningdek, Milliy xavfsizlik qo‘mitasi raisi Karim Masimov lavozimidan ozod etildi. Uning o‘rnini Yermek Sagimbayev egalladi.

Qozog‘istonda butun mamlakat bo‘ylab 19 yanvargacha favqulodda holat joriy etildi. Shuningdek, shu kunlarda soat 23:00 dan 07:00 gacha komendantlik soati amalda bo‘ladi.

To‘qayev mamlakatdagi norozilik vaziyatiga Hukumat, xususan, Energetika vazirligi, shuningdek, “Kazmunaygaz” va “Kazakgaz” kompaniyalarini aybladi.

Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (ODKB) mamlakatga cheklangan muddatga tinchlikparvar kuchlarni kiritish to‘g‘risida qaror qabul qildi

 


Maqola muallifi

Teglar

Turkiy davlatlar tashkiloti

Baholaganlar

86

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing