Turkiyalik siyosatçi Rossiya nega TDTga a’zo böla olmasligini aytdi
Olam
−
18:51 762 2 daqiqa
Turkiya Adolat va taraqqiyot partiyasi raisi örinbosari Kurşod Zörlu Rossiyaning Turkiy davlatlar taşkilotida (TDT) kuzatuvçi maqomini olişi mumkinligi haqidagi taklifga munosabat bildirdi. U Rossiya taşkilotga na tölaqonli a’zo, na kuzatuvçi böla olişini aytdi. Bu haqda u “TRT Avaz”ga bergan intervyusida söz oçdi.
Zörlu Rossiya Federatsiyasi tarkibida Tatariston, Boşqirdiston, Saxa (Yakutiya) va boşqa bir qator turkiy respublikalar borligini bildirdi. Şu sababli, Rossiya bilan madaniy muloqot olib borişni tabiiy holat deb baholanadi.
Şu bilan birga, u kuzatuvçi maqomini oliş uçun davlatlar turkiy tillardan birini davlat tili sifatida tan olgan bölişi kerakligini eslatgan. Bundan taşqari, mazkur til faqat ayrim hududlarda emas, balki mamlakatning butun hududida qöllanilişi lozim.
Partiya vakili 2015 yilda Rossiya hukumati Turkiy madaniyat xalqaro taşkiloti (TURKSOY) bilan hamkorlikni amalda töxtatganini ham eslatgan.
Öşa paytda Rossiya Madaniyat vaziri Vladimir Medinskiy Oltoy, Boşqirdiston, Tatariston, Xakasiya, Tuva va Yakutiya rahbarlariga rasmiy telegrammalar yuborib, taşkilot bilan barça aloqalarni töxtatiş hamda uning tadbirlarida iştirok etmaslikni talab qilgan.
Bu voqea Turkiya harbiy-havo kuçlari Suriyada Rossiyaga tegişli Su-24 bombardimonçi samolyotini urib tuşirganidan keyin ikki davlat örtasidagi munosabatlar keskinlaşgan davrda yuz bergan.
Zörlu Rossiyani uşbu vaziyatni qayta körib çiqişga va madaniy hamkorlikni qayta tiklaşga çaqirdi.
Siyosatçi TDTga nafaqat Rossiya, balki boşqa davlatlar ham qiziqiş bildirayotganini qayd etdi. Uning aytişiça, til talablariga javob bermaydigan mamlakatlar uçun muqobil hamkorlik şakli – TDT+ formati mavjud. Uşbu format uçinçi davlatlar bilan özaro manfaatlar asosida hamkorlikni rivojlantiriş imkonini beradi.
Eslatib ötamiz, avvalroq 30 oktyabr kuni Turkiy davlatlar taşkilotining 13-sammitida Qozoğiston Prezidenti Qosim-Jomart Töqayev Rossiya bilan aloqalarni kengaytiriş tarafdori ekanini bildirgandi va nima uçun uning birlaşmadagi iştiroki barça mamlakatlar uçun foydali bölişi mumkinligini aytganligi haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi