Trampning odami Kiyevda ilk uchrashuvlarini o‘tkazdi

Olam

image
Yevropa Ukraina-Rossiya tinchlik muzokaralarida qatnashmaydi – Kellogg north_east

Yevropa Ukraina-Rossiya tinchlik muzokaralarida qatnashmaydi – Kellogg

Kiyevga tashrif bilan borgan AQSH Prezidentining Ukraina va Rossiya bo‘yicha maxsus vakili Kit Kellogg Ukraina Qurolli kuchlari Bosh qo‘mondoni Aleksandr Sirskiy bilan uchrashdi. Bu haqda kecha, 19 fevral kuni kechqurun Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy o‘zining videomurojaatida ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, Kellogg razvedka idoralari, maxsus xizmatlar rahbarlari, shuningdek, Ukraina Prezidenti devoni rahbari Andrey Yermak bilan muzokaralar o‘tkazgan.

“Biz uchun Kit Kellogg frontda sodir bo‘layotgan voqealar, shu yillar davomida o‘zgarmagan millatimizning mustahkamligi va ruhi haqida to‘liq ma’lumot olishi muhim... Harbiy qo‘mondonlar va joydagi qo‘mondonlarning jang maydonidagi vaziyat haqida brifinglari muhim bo‘ladi”, deb yozdi Yermak Telegram-kanalida.

Zelenskiyning o‘zi Kit Kellogni bugun, 20 fevral kuni qabul qilmoqchi.

“Uchrashuv va umuman, Amerika bilan hamkorlik konstruktiv o‘tgani biz uchun juda muhim. Amerika va Yevropa bilan birgalikda dunyo xavfsizroq bo‘lishi mumkin va bu bizning maqsadimiz”, dedi Ukraina rahbari.

Kit Kellog Kiyevga 19 fevral kuni ertalab yetib bordi. “Suspіlne” telekanali jurnalistlariga bergan izohida u o‘zining tashrifi “yaxshi potensial muzokaralar o‘tkazish uchun imkoniyat” ekanini aytdi.

Kellogg Donald Trampning ko‘p marta aytgan so‘zlarini takrorladi: 

“Agar Tramp prezident bo‘lganida urush boshlanmasdi”.

Kelloggning tashrifi 21 fevralgacha davom etishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Andrey Yermak 14 fevral kuni Myunxen xavfsizlik konferensiyasida Trampning maxsus vakili bilan uchrashgan edi. Ularning suhbatining asosiy mavzusi “barqaror tinchlikka erishish bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtirish” bo‘ldi. Suhbat chog‘ida Yermak Kelloggga Putin “hech qachon qoidalar bilan o‘ynamasligini” aytdi va uni “o‘zini aldab qo‘ymaslikka” chaqirdi. 


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Donal'd Tramp Ukraina Kit Kellogg

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing