Tramp sud jarayoni keyingi yilga qoldirilganidan shikoyat qildi

Olam

image

AQSHning sobiq prezidenti Donald Tramp Kolumbiya okrugi Federal sudining Kapitoliyga hujum bo‘yicha sud jarayonini 2024 yil 4 martga ko‘chirish haqidagi qarori ustidan shikoyat qilishini aytdi. Bu haqda u o‘zining Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida yozda.

Aytish joizki, kecha, 28 avgust kuni Kolumbiya okrugi Federal sudi sudyasi Tanya Chatkan Trampning prezidentlik saylovlarida mag‘lubiyatga uchraganiga qaramay, 2021 yil yanvarida hokimiyatni saqlab qolishga uringani bo‘yicha sud jarayoni 2024 yil 4 martda boshlanishini ma’lum qilgan.

Tramp esa bu qaror ustidan shikoyat qilishini bildirgan.

“Bugun partizan, Trampdan nafratlangan sudya, xuddi buzuq hukumatimiz xohlaganidek, menga faqat ikki oy uzaytirish berdi. Men shikoyat qilaman!" deb yozgan sobiq prezident.

Ma’lumot uchun, joriy yilning 1 avgust kuni AQSH maxsus prokurori Jek Smit Trampga qarshi to‘rtta ayblov e’lon qilgan. U mag‘lubiyatiga qaramay, noqonuniy ravishda hokimiyatda qolishga urinishda ayblanmoqda. Siyosatchiga qarshi ochilgan mazkur jimoiy ish bo‘yicha maksimal jazo 20 yillik qamoqdir.

Eslatib o‘tamiz, hozirgacha sobiq prezident Donald Trampga qarshi to‘rtta jinoiy ish ochilgan. Bular maxfiy hujjatlarni noqonuniy saqlash, moliyaviy hisobotlarini soxtalashtirish, 2020 yilgi saylovlarda mag‘lub bo‘lganiga qaramay, hokimiyatda qolishga va saylovlardagi mag‘lubiyatini bekor qilishga urinish hisoblanadi. Avvalroq Tramp Jorjiya shtatidagi Fulton okrugi qamoqxonasiga borib, u yerda 2020 yilgi saylovga aralashish ishi bo‘yicha rasmiy ravishda hibsga olingandi. Ammo u 200 ming dollar garov evaziga ozod qilingan.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Donal'd Tramp

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing