Tramp maxsus vakili qachon Rossiyaga borishini aytdi

Olam

image

AQSH Prezidentining maxsus vakili Stiven Uitkoff 6 yoki 7 avgust kuni Rossiya rahbariyati bilan muzokaralar o‘tkazish uchun Rossiyaga boradi. Bu haqda AQSH Prezidenti Donald Tramp kecha, 3 avgust kuni Pensilvaniyada jurnalistlarga ma’lum qildi.

Trampning so‘zlariga ko‘ra, Uitkoff hozirda bor e’tiborini G‘azo sektoriga qaratgan.

“U, ehtimol, kelasi hafta, chorshanba yoki payshanba kuni Rossiyaga ketadi. Ular uni ko‘rishni istashdi, uchrashuvga taklif qilishdi. Ko‘ramiz, bundan nima chiqarkan?”, dedi Tramp.

Agar Rossiya Ukrainada tinchlik o‘rnatishdan bosh tortsa nima bo‘ladi degan savolga Tramp shunday javob berdi:

“Xo‘sh, sanksiyalar bo‘ladi. Lekin ular silliq va ular sanksiyalarni yengib o‘tishda juda yaxshi tajribaga ega. Shunday qilib, nima bo‘lishini ko‘ramiz”.

AQSH Prezidentining so‘zlariga ko‘ra, sanksiyalardan qochish uchun Moskva “odamlar o‘limini to‘xtatadigan bitim” tuzishi kerak.

“Biz allaqachon ko‘plab mamlakatlarni urush qilishdan to‘xtatdik”, dedi Tramp Hindiston va Pokiston, Kambodja va Tailand, Kongo Demokratik Respublikasi va Ruandani misol qilib keltirib.

Eslatib o‘tamiz, 31 iyul kuni Tramp Uitkoffning Rossiyaga bo‘lajak tashrifi haqida ma’lum qilgan, biroq u aniq sanalarni aytmagandi. Uitkoff va Putin allaqachon 11 fevral, 13 mart, 11 aprel va 25 aprel kunlari Rossiyada muzokaralar o‘tkazgan.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Rossiya Vladimir Putin Donal'd Tramp Stiven Uitkoff

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing