Tojikiston bilan chegaradan evakuatsiya qilingan Qirg‘iziston aholisi uylariga qaytdi
Olam
−
06 iyun 2021
4221Avvalroq Tojikiston bilan chegaradagi mojaro sabab Qirg‘izistonning O‘sh viloyati Chon-Olay tumanida beshta qishloq aholisi evakuatsiya qilingani haqida xabar berilgandi. Evakuatsiya qilingan fuqarolari doimiy yashash joylariga qaytib keldi. Bu haqda tuman ma’muriyati vakili ma’lum qildi.
“Hammasi bo‘lib 8 mingdan ortiq odam evakuatsiya qilingandi, shu kungacha 7 mingga yaqin aholi o‘z uylariga qaytdi”, deydi u,
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 4 iyun kuni Qirg‘iziston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Tojikiston bilan davlat chegarasida vaziyat keskinlashganini ma’lum qildi. Shundan so‘ng, O‘sh viloyati Chon-Olay tumanida beshta qishloq aholisi evakuatsiya qilindi.
Tojikiston Respublikasi Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi Chegara qo‘shinlari Matbuot markazi Qirg‘iziston tomoni tarqatgan bayonotning haqiqatga mos kelmasligini qayd etib, uni rad etdi.
LiveBarchasi