Putin rus tiliga hurmati uçun Rahmonga rahmat aytdi

Olam

−

image

Rossiya Tojikistonda rus tiliga qaratilayotgan e’tibordan minnatdor. Bu haqda mamlakat Prezidenti Vladimir Putin Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon bilan bugun, 12 noyabr kuni Kreml saroyida bölib ötgan uçraşuvda ma’lum qildi.

Keça, 11 noyabr kuni Kollektiv xavfsizlik şartnomasi taşkilotiga a’zo davlatlar rahbarlari navbatdagi sammit uçun Moskvada töplandi. Sammit allaqaçon ötgan bölişiga qaramay, Imomali Rahmon Putin bilan muloqot qiliş uçun yana bir kun Moskvada qoldi. 

“Bugun, kelişib olganimizdek, uçraşuvimizni ikki tomonlama munosabatlarga bağişlaymiz. Bu aloqalar, şubhasiz, strategik xarakterga ega bölib, ham iqtisodiy, ham gumanitar sohalarda juda ijobiy rivojlanmoqda. Tojikistonda rus tiliga körsatilayotgan e’tibor uçun sizdan minnatdormiz va men buni doimo ta’kidlab kelaman”, degan Putin Rahmonga. 

Rossiya rahbari alohida e’tibor talab qiladigan boşqa köplab masalalar borligini ham qayd etgan va Rahmonga Moksvada qolgani uçun rahmat aytgan. U Rahmon bilan bevosita ikki tomonlama munosabatlar xususida muloqotni davom ettiriş imkoniyati paydo bölganidan mamnunligini bildirdi. 

“Keça mavqedoşlarimiz bilan KXŞT mas’uliyat hududida xavfsizlikni ta’minlaş muammolarini muhokama qildik. Menimça, barça muzokaralarimiz ijobiy va samarali natija bilan yakunlandi. Uşbu öta muhim sohada birgalikda işlaşga qat’iy bel boğlaganimiz yana bir bor tasdiqlandi”, deydi Rossiya yetakçisi.

Tojikistonda rus tili

Ma’lumot uçun, Tojikiston Konstitutsiyasining 2-moddasiga köra, davlat tili tojik tili hisoblanadi, rus tiliga esa "millatlararo muloqot tili" maqomi berilgan. 2009 yilda qabul qilingan «Davlat tili töğrisida»gi qonunda rasmiy iş yuritiş töliq tojik tiliga ötkazilgan bölsa-da, 2011 yilda kiritilgan özgartirişlar bilan qonun hujjatlarini rus tilida ham e’lon qiliş va davlat idoralariga rus tilida murojaat qiliş huquqi saqlab qolingan.

Mamlakat böylab 39 ta (ayrim hisobotlarda 40 taga yaqin) umumta’lim maktabida darslar faqat rus tilida olib boriladi. Ularning orasida Rossiya bilan hamkorlikda qurilgan 5 ta yirik zamonaviy maktab (Duşanbe, Xöjand, Boxtar, Kölob va Tursunzoda şaharlarida), Rossiya Mudofaa vazirligi huzuridagi maktablar hamda mahalliy rus maktablari mavjud.

Bundan taşqari, Tojikistonda 160 dan ortiq aralaş tilli maktablar faoliyat yuritadi. Ularda ta’lim ham tojik, ham rus tillaridagi alohida sinflarda olib boriladi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing