“Toshshahartransxizmat”ning sobiq rahbari va yana 20 kishiga sud hukmi o‘qildi

3-sahifa

image

“Toshshahartransxizmat”ning sobiq rahbari Anvar Jo‘rayev o‘rinbosari bilan birga davlat mulkini talon-toroj qilish, mansab soxtakorligi kabi moddalarda aybdor deb topilib, 7,5 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. QALAMPIR.UZ sud hukmi bilan tanishdi.

Hukmga ko‘ra, joriy yilning 3 fevral kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Olmazor tumani sudi binosida “Toshshahartransxizmat” AJning sobiq boshqaruv raisi Anvar Jo‘rayev va u bilan birga 20 kishiga nisbatan sud hukmi e’lon qilingan. Sudda ayblanuvchilarning jinoyatlari aks etgan jami 24 ta epizod mavjud.

Sud hukmiga ko‘ra:

Anvar Jo‘rayev

2024 yilgacha poytaxt Transport boshqarmasi boshlig‘i va “Toshshahartransxizmat” AJ boshqaruv raisi lavozimida ishlagan Anvar Jo‘rayev 3 yil “Toshshahartransxizmat” tizimida mansabdorlik va moddiy javobgarlik bor lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilinib, 7 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilingan.

Ayblovlar:

  • Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a” bandi (juda ko‘p miqdorda o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish);
  • 184-moddasi 3-qismi (juda ko‘p miqdorda soliqlar yoki yig‘imlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash);
  • 1841-moddasi 2-qismi (juda ko‘p miqdorda byudjet va smeta-shtat intizomini buzish);
  • 205-moddasi 2-qismi “a”bandi (juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan holda hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish);
  • 209-moddasi 2-qismi “a”bandi (takroran mansab soxtakorligi);
  • 227-moddasi 1-qismi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalarni egallash, nobud qilish, ularga shikast yetkazish yoki ularni yashirish);
  • 243-moddasi (jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish).

Abdujamil Azizov

“Toshshahartransxizmat” sobiq boshqaruv raisi o‘rinbosari Abdujamil Azizov ham 3 yil “Toshshahartransxizmat” tizimida ishlash huquqidan mahrum qilinib, 7 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilingan.

Ayblovlar:

  • 167-modda 3-qismi “a”bandi (juda ko‘p miqdorda o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish);
  • 209-modda 2-qismi “a”bandi (takroran mansab soxtakorligi);
  • 227-modda 1-qismi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalarni egallash, nobud qilish, ularga shikast yetkazish yoki ularni yashirish);
  • 243-modda (jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish).

Husan Mahkamov

“Toshavtota’mirxizmat” raisi Husan Mahkamov 3 yil muddatga “Toshshahartransxizmat” AJ tizimida mansabdorlik va moddiy javobgarlik yuklatilgan lavozimlarda ishlash huquqidan ayrilib, 5,5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilingan.

Ayblovlar:

  • 167-modda 3-qismi “a”bandi (juda ko‘p miqdorda o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish);
  • 207-modda 1-qismi (mansabdor shaxsning mansabga sovuqqonlik bilan qarashi);
  • 209-modda 2-qismi “a”bandi (takroran mansab soxtakorligi).

Ahmad Alimov

“Toshavtota’mirxizmat” raisi o‘rinbosari Ahmad Alimov ham 5,5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilingan. U ham 3 yil muddatga “Toshshahartransxizmat” AJ tizimida mansabdorlik va moddiy javobgarlik yuklatilgan lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilingan.

Ayblovlar:

  • 167-modda 3-qismi “a”bandi (juda ko‘p miqdorda o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish);
  • 207-modda 1-qismi (mansabdor shaxsning mansabga sovuqqonlik bilan qarashi);
  • 209-modda 2-qismi “a”bandi (takroran mansab soxtakorligi).

Bekzod Ibragimov

Bekzod Ibragimov – 8-avtobus saroyining sobiq rahbari 3 yil muddatga “Toshshahartransxizmat” AJ tizimida mansabdorlik va moddiy javobgarlik yuklatilgan lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilinib, unga 2 yil 3 oy 3 kun ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan.

Ayblovlar:

  • 167-modda 3-qismi “a”bandi (juda ko‘p miqdorda o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish);
  • 184-modda 3-qismi (juda ko‘p miqdorda soliqlar yoki yig‘imlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash);
  • 205-moddasi 2-qismi “a” bandi (juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan holda hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish);
  • 209-modda 2-qismi “a”bandi (takroran mansab soxtakorligi);
  • 227-modda 1-qismi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalarni egallash, nobud qilish, ularga shikast yetkazish yoki ularni yashirish).

Shuhrat Ahmedov

Shuhrat Ahmedov – 8-avtobus saroyi bosh muhandisiga 2 yil 7 oy 8 kun ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan. Uning 3 yilga “Toshshahartransxizmat” AJ tizimida mansabdorlik va moddiy javobgarlik yuklatilgan lavozimlarda ishlash huquqi cheklangan.

Ayblovlar:

  • 167-modda 3-qismi “a” bandi (juda ko‘p miqdorda o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish);
  • 209-modda 2-qismi “a” bandi (takroran mansab soxtakorligi);
  • 227-moddasi 1-qismi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalarni egallash, nobud qilish, ularga shikast yetkazish yoki ularni yashirish).

Dilshod Toshpo‘latov

Dilshod Toshpo‘latov – 1-avtobus saroyining sobiq rahbari sud zalida qamoqdan ozod qilingan. Unga Jinoyat kodeksining 61-moddasi 2-qismiga asosan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi bekor qilingan. 3 yil muddatda “Toshshahartransxizmat” AJ tizimida ishlashi cheklangan.

Ayblovlar:

  • 167-modda 3-qismi “a”bandi (juda ko‘p miqdorda o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish);
  • 25,167-modda 2-qismi “v” va “g” bandlari (bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib, mansab mavqeini suiiste’mol qilish yo‘li bilan o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilishga tayyorgarlik ko‘rish);
  • 184-modda 2-qism “a” bandi (takroran soliqlar yoki yig‘imlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash);
  • 209-modda 2-qismi “a” bandi (takroran mansab soxtakorligi);
  • 227-moddasi 1-qismi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalarni egallash, nobud qilish, ularga shikast yetkazish yoki ularni yashirish).

Shoaziz Ashirov

Shoaziz Ashirov 1-avtobus saroyi rahbari o‘rinbosariga 119 mln so‘m jarima qo‘llanilgan. U 3 yil muddatga “Toshshahartransxizmat” AJ tizimida mansabdorlik va moddiy javobgarlik yuklatilgan lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilingan.

Ayblovlar:

  • 167-modda 3-qismi “a” bandi (juda ko‘p miqdorda o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish);
  • 209-modda 2-qismi “a” bandi (takroran mansab soxtakorligi);
  • 227-moddasi 1-qismi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalarni egallash, nobud qilish, ularga shikast yetkazish yoki ularni yashirish).

Ismoil Baratov

Ismoil Baratov – 8-avtobus saroyi rahbari o‘rinbosari 3 yil “Toshshahartransxizmat” AJ tizimida ishlash huquqidan mahrum qilinib, 105 mln 875 ming so‘m jarima qo‘llangan.

Ayblovlar:

  • 167-modda 3-qismi “a” bandi (juda ko‘p miqdorda o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish);
  • 209-modda 2-qismi “a” bandi (takroran mansab soxtakorligi);
  • 227-moddasi 1-qismi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalarni egallash, nobud qilish, ularga shikast yetkazish yoki ularni yashirish).

Sunnat Rahimberdiyev

Sunnat Rahimberdiyev – 8-avtobus saroyining ombor mudiri sud zalida qamoqdan ozod qilingan. Sunnat Rahimberdiyev 2 yil muddatga “Toshshahartransxizmat” AJ tizimida mansabdorlik va moddiy javobgarlik yuklatilgan lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilingan. 

Ayblovlar:

  • 167-modda 2-qismi “a”, “v” va “g” bandlari (ko‘p miqdorda bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib mansab mavqeini suiiste’mol qilish yo‘li orqali o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish);
  • 209-modda 2-qismi “a” bandi (takroran mansab soxtakorligi).

Najmiddin Davlatov

Najmiddin Davlatov – “Toshshahartransxizmat” sobiq boshqaruv raisi o‘rinbosari 3 yil muddatga “Toshshahartransxizmat” AJ tizimida mansabdorlik va moddiy javobgarlik yuklatilgan lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilinib, unga nisbatan 51 mln so‘m jarima jazosi tayinlangan.

Ayblovlar:

  • 167-modda 3-qismi “a” bandi (juda ko‘p miqdorda o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish);
  • 209-modda 2-qismi “a” bandi (takroran mansab soxtakorligi);
  • 227-moddasi 1-qismi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalarni egallash, nobud qilish, ularga shikast yetkazish yoki ularni yashirish).

Habibulla Muzaffarov

Habibulla Muzaffarov – “Toshavtota’mirxizmat” ombori xodimi 2 yilga mazkur tizimda mansab va moddiy javobgarlik yuklatilgan lavozimda ishlash huquqidan cheklanib, 5 yil 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilingan.

Ayblovlar:

  • 167-modda 3-qismi “a” bandi (juda ko‘p miqdorda o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish);
  • 209-modda 2-qismi “a” bandi (takroran mansab soxtakorligi).

Kozimbek Xudoyorov

Kozimbek Xudoyorov – 2-avtobus saroyi bo‘lim boshlig‘i ham sud hukmi bilan 5 yil 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilingan. U ham 2 yilga tizimda mansab va moddiy javobgarlik yuklatilgan lavozimda ishlash huquqidan mahrum bo‘lgan.

Ayblovlar:

  • 167-modda 3-qismi “a” bandi (juda ko‘p miqdorda o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish);
  • 209-modda 2-qismi “a” bandi (takroran mansab soxtakorligi).

Baxtiyor Sharipov

Baxtiyor Sharipov – 8-avtobus saroyi moddiy mexanigiga 9 mln 520 ming so‘m jarima jazosi tayinlangan. Sud uni 1 yil muddatga “Toshshahartransxizmat” AJ tizimida mansabdorlik va moddiy javobgarlik yuklatilgan lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilgan.

Ayblovlar:

  • 167-modda 2-qismi “a”, “v”, “g” bandlari (ko‘p miqdorda bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib mansab mavqeini suiiste’mol qilish yo‘li orqali o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish);
  • 209-modda 2-qismi “a” bandi (takroran mansab soxtakorligi).

Ravshan Atamuhammedov

Ravshan Atamuhammedov – 1-avtobus saroyi bosh muhandisi 3 yil muddatga “Toshshahartransxizmat” AJ tizimida mansabdorlik va moddiy javobgarlik yuklatilgan lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilib, 3 yilu 6 oy muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan.

Ayblovlar:

  • 167-modda 3-qismi “a” bandi (juda ko‘p miqdorda o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish);
  • 25,167-modda 2-qismi “v”, “g” bandlari (bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib, mansab mavqeini suiiste’mol qilish yo‘li bilan o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilishga tayyorgarlik ko‘rish);
  • 209-modda 2-qismi “a” bandi (takroran mansab soxtakorligi);
  • 227-moddasi 1-qismi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalarni egallash, nobud qilish, ularga shikast yetkazish yoki ularni yashirish).

Islombek Ibragimov

Islombek Ibragimov – 1-avtobus saroyi ombor mudiri 3 yil muddatga “Toshshahartransxizmat” AJ tizimida mansabdorlik va moddiy javobgarlik yuklatilgan lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilinib, 3 yil 1 oy muddatga ozodligi cheklangan.

Ayblovlar:

  • 167-modda 3-qismi “a” bandi (juda ko‘p miqdorda o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish);
  • 25,167-modda 2-qismi “v”, “g” bandlari (bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib, mansab mavqeini suiiste’mol qilish yo‘li bilan o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilishga tayyorgarlik ko‘rish);
  • 209-modda 2-qismi “a” bandi (takroran mansab soxtakorligi).

Nargiza Abdurahmonova

Nargiza Abdurahmonova – 8-avtobus saroyi ishlab chiqarish bo‘limi muhandisi 3 yil muddatga “Toshshahartransxizmat” AJ tizimida mansabdorlik va moddiy javobgarlik yuklatilgan lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilinib, 3 yil 1 oy muddatga ozodlikni cheklash jazosi berilgan.

Ayblovlar:

  • 167-modda 3-qismi “a” bandi (juda ko‘p miqdorda o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish);
  • 25,167-modda 2-qismi “v”, “g” bandlari (bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib, mansab mavqeini suiiste’mol qilish yo‘li bilan o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilishga tayyorgarlik ko‘rish);
  • 209-modda 2-qismi “a” bandi (takroran mansab soxtakorligi).

Bundan tashqari:

  • 8-avtobus saroyi navbatchi mexanigi Qobil Nosirovga 22 mln 100 ming so‘m;
  • 8-avtobus saroyi navbatchi mexanigi Ravshan Bairovga 25 mln so‘m;
  • 1-avtobus saroyi navbatchi mexanigi Faxriddin Zokirjonovga 23 mln 800 ming so‘m;
  • “Toshshahartransxizmat” AJ harakat xavfsizligi bo‘limi yetakchi mutaxassisi Dostonbek Alimbekovga 97 ming 500 so‘m jarima jazosi tayinlangan.

Ular Jinoyat kodeksining 167-moddasi 2-qismi “v”, “g” bandlari (bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib mansab mavqeini suiiste’mol qilish yo‘li orqali o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va 28, 209-moddasi 2-qismi “a” bandi (jinoyatni bajaruvchi bilan bir qatorda takroran mansab soxtakorligi) bilan aybdor deb topilgan.

Hukm qonuniy kuchga kirgandan so‘ng:

  • Anvar Jo‘rayev, Abdujamil Azizov, Husan Mahkamov, Ahmad Alimov, Habibullo Muzaffarov, Kozimbek Xudoyorovdan solidar tartibda Iqtisodiyot va moliya vazirligi foydasiga 2 mlrd 146 mln 309 ming so‘m;
  • Anvar Jo‘rayev, Abdujamil Azizov, Bekzod Ibragimov, Shuhrat Ahmedov, Ismoil Baratov, Najmiddin Davlatov, Dilshod Toshpo‘latov, Shoaziz Ashirov va Ravshan Atamuhammedovlardan solidar tartibda Iqtisodiyot va moliya vazirligi foydasiga 905 mln 800 ming so‘m;
  • Abdujamil Azizov, Bekzod Ibragimov, Shuhrat Ahmedov, Sunnat Rahimberdiyev, Baxtiyor Sharipovlardan solidar tartibda Iqtisodiyot va moliya vazirligi foydasiga 66 mln 251 ming so‘m;
  • Dilshod Toshpo‘latov, Ravshan Atamuhammedov va Nargiza Abdurahmonova va Bekzod Ibragimovlardan solidar tartibda Iqtisodiyot va moliya vazirligi foydasiga 196 mln 471 ming so‘m;
  • Bekzod Ibragimovdan vazirlik foydasiga 66 mln 654 ming so‘m undirish belgilangan.

Bundan tashqari, DXX moliya-iqtisod boshqarmasiga topshirilgan jami 23 ming AQSH dollari va 629 ming so‘m pul, Sudlarni moddiy-texnik ta’minlash departamenti Toshkent shahar hududiy bo‘limi hisob raqamiga topshirilgan jami 56 mln 885 ming so‘m pul, “Toshavtota’mirxizmat” UK hisob raqamiga kvitansiyalar asosida topshirilgan jami 98 mln 25 ming so‘m pul Iqtisodiyot va moliya vazirligiga yetkazilgan moddiy zararni qoplash uchun qaratilgan.

Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidovning QALAMPIR.UZ'ga ma’lum qilishicha, ushbu jinoyat ishi Toshkent shahar sudida apellyatsiya instansiyasida ko‘rib chiqilish uchun tayyorlanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning fevral oyida “Toshshahartransxizmat” AJ boshqaruvi raisi lavozimida ishlagan Anvar Jo‘rayev qamoqqa olingani xabar qilingandi. DXX xodimlari tomonidan transport sohasida olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, “Toshshahartransxizmat” AJ tizimida bir qator qonunbuzilish holatlari aniqlangan. “Toshshahartransxizmat” AJ boshqaruv raisi Anvar Jo‘rayev avtobus saroyi filiallari rahbarlari bilan o‘zaro til biriktirib, avtobus saroylaridagi ehtiyot qismlar, yoqilg‘i mahsulotlarini talon-toroj qilish yo‘li bilan davlat manfaatlariga juda ko‘p miqdorda iqtisodiy zarar yetkazgan.


Maqola muallifi

Teglar

Sud Anvar Jo'raev “Toshshahartransxizmat”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing