“Oliy sudga chiqamiz”. “Sanjik”ga hech kim yordam berolmadi

Tahlil

−

Reklama
0:00

Bugun, 8 oktyabr kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudida “Real Sanjik” taxallusi bilan tanilgan Sanjar Karimovning appelyatsiya ishi bo‘yicha sud jarayoni o‘z yakuniga yetdi va dastlabki jazo o‘zgarishsiz qoldirildi. U 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi.

Unga Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 3-qismi “a” bandi bilan tayinlangan 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi o‘zgartirilmadi. Shuningdek, Jinoyat kodeksining 59–61-moddalariga asosan tayinlangan har xil turdagi jazolarni to‘liq qo‘shish yo‘li bilan uzil-kesil 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi hamda bazaviy hisoblash miqdorining 400 baravari miqdorida, ya’ni 136 million so‘m jarima jazosi tayinlangan.

Sanjar Karimov sud zalida jurnalistlarga bergan intervyusida sud adolatsiz bo‘lganini aytdi.

“Xulosam – sud adolatsiz bo‘ldi. Men pulimni yo‘qotdim, tintuv noqonuniy bo‘ldi, birorta tayinli vaj yo‘q edi”, deydi u.

Sud jarayonlarida Karimovning himoyachisi sifatida ishtirok etgan advokatlardan biri ham ajrimga nisbatan o‘z fikrlarini bildirdi.

“Biz bu appelyatsiya sudidan ko‘p narsa kutgan edik, lekin yakunda voqealar biz kutgandek bo‘lmadi. Sud adolatsiz hukm chiqardi. Sudlarimiz mustaqil bo‘lmasa, biz va xalqimiz kimga ishonishi kerak, bilmadim.Ammo biz oxirigacha boramiz. Oliy sudga ham, kerak bo‘lsa Gagradagi xalqaro sudgacha ham boramiz. Chunki biz inson manfaati va qonun ustuvorligi degan masala uchun kurashyapmiz. Biz Sanjar Karimov yoki bitta fuqaroning huquqi buzilishi miqyosida butun bir O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligini haqiqatan ham ishlatish uchun harakat qilyapmiz”, deydi u.

Bundan tashqari, Jinoyat kodeksining 61-moddasiga asosan tayinlangan jazolar alohida-alohida ijro etilishi belgilandi. Hukmning qolgan qismi o‘zgarishsiz qoldirildi va apellyatsiya shikoyatlari qisman qanoatlantirilgan.

Umid Sulaymonov


Maqola muallifi

avatar

.

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing