Samarqandda Özbekistonga 20 kg “opiy” olib kirgan xorijlik uşlandi (video)

Jamiyat

−

image

Samarqand viloyatida 20 kilogrammdan ortiq ekstraksiyali opiyning noqonuniy olib kirilişiga çek qöyildi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmatining viloyat boşqarmasi ma’lum qildi.

Ma’lum qilinişiça, Fors körfazi mamlakatlaridan birining 1971 yilda tuğilgan fuqarosi şaxsiga aniqlik kiritilayotgan qöşni respublika fuqarosi bilan til biriktirgan. Ular Renault rusumli yuk avtomobilida giyohvandlik vositasini xorijdan Özbekistonga olib kirgan. 

Samarqand viloyati Bojxona va Içki işlar boşqarmalari bilan hamkorlikda ötkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida xorijlik fuqaro vaqtinça istiqomat qilayotgan Iştixon tumanidagi uyi közdan keçirilgan. Natijada sof oğirligi 20 kilogramm 239 gramm bölgan ekstraksiyali opiy aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylaştirib olingan.

Qayd etilişiça, narkotik modda yuk avtomobilining yaşirin joyiga hamda ikkita akkumulyator içiga yaşirilgan holda olib kelingan.

Hozirda xorijlik fuqaro va boşqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 246-(Kontrabanda) va 273-moddalari (giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni yoki ularning analoglarini ötkaziş maqsadini közlab qonunga xilof ravişda tayyorlaş, qayta işlaş, oliş, saqlaş va boşqa harakatlar qiliş, şuningdek ularni qonunga xilof ravişda ötkaziş) bilan jinoyat işi qözğatilgan. Tergov harakatlari doirasida uşbu holatga aloqador şaxslarni aniqlaş çoralari körilmoqda.

Eslatib ötamiz, avvalroq Buxoro viloyatida öz uyida 2 ming sömlik qalbaki banknotalarni va giyohvandlik vositalarini saqlagan şaxs qölga olingani haqda xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing