Toshkentdagi barcha ta’lim muassasalarida o‘qish qachondan boshlanishi aytildi

Jamiyat

image

Toshkent shahridagi ta’lim muassasalari — maktab, litsey va kollejlar hamda oliy ta’lim dargohlarida o‘qish 23 yanvardan boshlanadi. Bu haqda poytaxt hokimligi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, Toshkent shahar hokimligi hamda boshqa mas’ul tashkilotlar tomonidan ta’lim ob’ektlaridagi harorat belgilangan me’yorda bo‘lishi nazoratga olinadi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 11 yanvaridan Toshkent shahridagi umumta’lim maktablarida ularning sharoiti, ishlashga tayyorligiga qarab, bosqichma-bosqich boshlanishi ma’lum qilingandi.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi 11 yanvardan boshlab oliy hamda professional ta’lim muassasalari va akademik litseylarda bosqichma-bosqich dars mashg‘ulotlari boshlanishini e’lon qilgandi.

Maktab va maktabgacha ta’lim vazirligi esa joriy yilning 5 yanvar kuni anomal sovuq sabab O‘zbekistondagi barcha maktablarda qishki ta’til 17 yanvargacha uzaytirilgani, 2022-2023 o‘quv yilining III choragi 2023 yilning 18 yanvaridan boshlanishini bildirgandi. Biroq joriy yilning 10 yanvar kuni qishki ta’til davrini uzaytirish vakolati hududdagi ob-havo sharoitlarini inobatga olgan holda, mahalliy hokimliklarga berilganini aytib chiqdi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent ta'til

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing