Toshkentda o‘yinchoq qurol bilan bankni o‘marmoqchi bo‘lgan shaxs 5 yilga qamaldi
3-sahifa
−
24 iyul 8382 1 daqiqa
Avvalroq, “Turkiston” bank xizmatlari markazi (BXM)ga noma’lum shaxs soxta qurol bilan hujum uyushtirgani haqida xabar berilgandi. Ushbu shaxs 5 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. Bu haqda “Millar” xabar berdi.
Fuqaro 18 aprel kuni nniqob kiygan holda dastasi qora izolyatsion lenta bilan o‘ralgan soxta quroldan foydalanib, bosqinchilik harakatini amalga oshirmoqchi bo‘lgan. Biroq bank xodimlari tomonidan yuborilgan favqulodda qo‘ng‘iroq asosida zudlik bilan hodisa joyiga Milliy gvardiya qo‘riqlash xizmati xodimlari yetib kelib, bosqinchilik harakatini bartaraf etgan va gumondor shaxsni qo‘lga olgan.
Sudda erkak qo‘lidagi to‘pponcha nabirasining o‘yinchog‘i bo‘lganini aytgan.
Sud hukmiga ko‘ra, erkak Jinoyat kodeksining 164-moddasi (bosqinchilik) 1-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etgan deb topilib, unga 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan. Jazoni umumiy tartibli koloniyada o‘tash belgilangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrining Yashnobod tumanida joylashgan Tenge Bank hisobidan 90 ming dollar o‘marilgani haqida xabar berilgandi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr