Toshkent yerusti metrosida harakat tezligi cheklanadi

Jamiyat

image

Yuzaga kelgan jazirama ob-havo sababli Toshkent yerusti metrosida poyezdlar tezligi pasaytiriladi. Bu haqda “Toshkent metropoliteni” UK xabar bermoqda.

“Havo harorati keskin ko‘tarilishi natijasida, xarakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida, poyezdlar Toshkent yer usti Xalqa yo‘lida soat 18:00 gacha soatiga chegaralangan tezlik (30–35km/soat)da harakatlanadi”, deyiladi axborotda. 

Harakat tezligi qachon yoki qanday holatda o‘z holiga qaytishi bo‘yicha ma’lumot berilmagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda avariya va texnik nosozlik sababli metroda xizmat ko‘rsatish to‘xtatilganda yo‘lovchiga yetkazilgan zararlarni qoplab berish taklif qilingandi.

Metro voqealari

Qayd etish kerakki, aprel oyida Toshkent metropoliteni tez-tez ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent metropolitenining Chilonzor yo‘nalishidagi “Novza” bekatida poyezd to‘xtab qolgani haqida xabar berilgandi.

7 aprelda O‘zbekiston yo‘nalishining “G‘afur G‘ulom” bekatida texnik sabablarga ko‘ra yo‘lovchilar zaxiradagi poyezdga ko‘chirilgan. Bu holat ijtimoiy tarmoqlarda metroda poyezdlar to‘qnashib ketdi, deya talqin qilingandi.

8 aprel kuni Sergeli yo‘nalishida metro poyezdi harakati to‘xtab qolgandi. Yo‘lovchilar esa evakuatsi qilingan. 10 aprel kuni esa eng sharmandali va xavfli holat yuz berdi. Poyezd Chilonzor yo‘nalishidagi “Pushkin” va “Buyuk ipak yo‘li” bekatlari oralig‘ida eshiklarini yopmasdan harakatlandi. Bu vaqtda vagonda yo‘lovchilar bo‘lgan, albatta.

Keyinchalik Toshkent metrosidagi tabloda behayo yozuv paydo bo‘ldi. Joriy yilning 21 may kuni Toshkentda yerusti metro bekati tomidagi qoplamalar shamolda uchib tushdi.


Maqola muallifi

Teglar

Metro

Baholaganlar

133

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing