Metrodan foydalanuvchilar soni 161 mlnga oshdi
Bu qiziq
−
10:35 1214 1 daqiqa
O‘tgan yilgi qayd etilgan ko‘rsatkichlarga ko‘ra, Toshkent metrosidan foydalanuvchilar soni 2000 yilga nisbatan 161,1 mlnga oshdi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar berdi.
Unga ko‘ra, 2025 yilda metropoliten orqali jami 286,8 mln nafar yo‘lovchi tashilgan. Bu ko‘rsatkich 2000 yildagi 125,7 mln yo‘lovchiga nisbatan 161,1 mlnga yoki qariyb 2,3 barobarga oshgan.
Ushbu ko‘rsatkich yillar kesimida quyidagicha:
- 2000 yil – 125,7 mln
- 2001 yil – 141,9 mln
- 2002 yil – 136,4 mln
- 2003 yil – 114,3 mln
- 2004 yil – 95,6 mln
- 2005 yil – 89,9 mln
- 2006 yil – 69 mln
- 2007 yil – 70,5 mln
- 2008 yil – 73,4 mln
- 2009 yil – 68 mln
- 2010 yil – 65,6 mln
- 2011 yil – 63,9 mln
- 2012 yil – 65,5 mln
- 2013 yil – 59,2 mln
- 2014 yil – 54 mln
- 2015 yil – 52,3 mln
- 2016 yil – 53,5 mln
- 2017 yil – 61,6 mln
- 2018 yil – 69,1 mln
- 2019 yil – 79,2 mln
- 2020 yil – 38,8 mln
- 2021 yil – 101,8 mln
- 2022 yil – 136,7 mln
- 2023 yil – 172 mln
- 2024 yil – 270,3 mln
- 2025 yil – 286,8 millionni tashkil etgan.
Live
Barchasi