Özbekistonda kuniga örtaça 12 ta YTH sodir bölmoqda – statistika

3-sahifa

−

image

Özbekistonda 2026 yilning yanvar–sentyabr oylarida 3 391 ta yöl-transport hodisasi qayd etildi. Bu bir kunda örtaça 12 ta YTH sodir bölganini anglatadi. Bu haqda Milliy statistika qömitasi xabar berdi.

Hududlar kesimida eng köp YTH Samarqand viloyatida – 471 ta, eng kam holat esa Sirdaryo viloyatida – 77 ta qayd etilgan.

Körsatkiçlar böyiça keyingi örinlarda Toşkent viloyati – 459 ta, Toşkent şahri – 458 ta, Namangan viloyati – 342 ta, Farğona viloyati – 340 ta, Andijon viloyati – 219 ta, Qaşqadaryo viloyati – 215 ta, Surxondaryo viloyati – 199 ta, Jizzax viloyati – 145 ta, Qoraqalpoğiston Respublikasi – 140 ta, Xorazm viloyati – 127 ta, Navoiy viloyati – 117 ta va Buxoro viloyati – 82 ta bilan qayd etilgan.

Qayd etilgan YTHlar oqibatida 5 581 nafar kişi jabrlangan. Bu bir kunda örtaça 20 nafardan ortiq kişi yöl-transport hodisalari tufayli jarohat olganini anglatadi.

Taqqoslaş uçun, 2025 yil davomida Özbekistonda 9 226 ta YTH qayd etilgan. Demak, joriy yilning dastlabki 9 oyida sodir bölgan hodisalar ötgan yildagi umumiy körsatkiçning 36,7 foizini taşkil etgan.

Şuningdek, 2025 yil davomida YTHlar oqibatida 8 901 nafar kişi jarohatlangan bölsa, 2026 yilning 9 oyida bu körsatkiç 5 581 nafarga yetgan. Bu ötgan yildagi yillik körsatkiçning 62,7 foiziga teng.

Eslatib ötamiz, 2026 yilning yanvar–iyun oylarida Özbekistonda 2 286 ta yöl-transport hodisasi (YTH) qayd etilgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing