Toshkent metrosi tonnellarida qolib ketgan yuzlab odamlar olib chiqildi
Jamiyat
−
25 yanvar 2022
5587Toshkent elektr ta’minotida keng ko‘lamli uzilish yuz berganida metropoliten bekatlari orasida qolib ketgan fuqarolar chiqarib olindi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
Elektr energiyasi tarmoqlarida yuzaga kelgan uzulishlar sababli hamkorlikda tegishli xizmatlar bilan quyidagi tadbirlar amalga oshirilgan.
“Toshkent metropoliteni”ning “Mashinasozlar” (135 nafar), “Bodomzor-Minor” (70 nafar) va “Amir Temur” (210 nafar) bekatlari oralig‘ida (vagonlar ichida) qolib ketgan (jami 415 nafar) yo‘lovchilar olib chiqilgan.
Shuningdek, soat 12:10 da Namangan viloyati Pop tumani 114-116 km. larda yuk poyezdi to‘xtab qolganligi uchun 83 km.da yo‘lovchi poyezd vaqtinchalik to‘xtatilgan. Yuk poyezdini zahira yo‘lga olib qo‘yish uchun teplavoz va “Qamchiq” MQYOQBdan maxsus texnikalarda qutqaruvchilar jalb etilgan.
“Konets sveta”
Bugun, 25 yanvar kuni soat 11:00 larda O‘zbekistonning qator viloyatlarida elektr energiyasi ta’minoti uzildi. Buning ortidan dastlab, Toshkent metropoliteni faoliyati to‘xtatildi, poyezdlarning manzilga yetib borish vaqti kechiktirildi. Elektrdagi uzilish suv ta’minotini ham to‘xtatib qo‘ydi.
Keyinroq, qo‘shni mamlakatlar — Qozog‘iston va Qirg‘izistonning qator hududlarida ham elektr energiyasi uzildi. O‘zbekistonda esa barcha ayeroportlar faoliyati cheklandi.
O‘zbekiston Energetika vazirligining ma’lum qilishicha, Qozog‘iston Elektr tarmog‘ida katta avariya bo‘lishi oqibatida Olmaota, Chimkent, Taras, Turkiston (viloyatlarida) va atrof hududlarida Elektr energiya ta’minotida o‘chishlar yuzaga kelgan.
Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda Toshkent viloyatidagi Chorvoq, Xojikent va Tovoqsoy gidroelektr stansiyalari, Navoiy viloyatidagi Navoiy issiqlik elektr stansiyasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi Taxiatosh issiqlik elektr stansiyasi hamda Farg‘ona viloyatidagi Farg‘ona issiqlik elektr markazi orqali energetika tizimiga quvvat uzatish boshlangan.
Shuningdek, Toshkent shahrining qator hududlarida yelektr ta’minioti tiklandi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida elektr energiyasi ta’minoti to‘liq tiklandi.
LiveBarchasi