Toşkent metrosida beş vagonli poyezdlar qatnovi yölga qöyiladi

Jamiyat

−

image

Toşkent şahrida jamoat transporti harakatini yaxşilaş, tiğiz vaqtlarda yölovçilar oqimini tartibga soliş va qatnov intervallarini qisqartiriş böyiça bir qator çoralar belgilandi. Bu Xalq deputatlari Toşkent şahar Kengaşining 2026 yil 30 oktyabrdagi VII-28-180-14-0-K/26-son qarorida nazarda tutilgan.

Metro poyezdlari beş vagonli qilinadi

Qarorga köra, Toşkent metropoliteniga 20 noyabrga qadar “Çilonzor”, “Özbekiston”, “Yunusobod” va yer usti halqa yönalişlarida poyezdlarni beş vagonli qilib şakllantiriş hamda harakat intervallarini qisqartiriş böyiça çora-tadbirlarni belgilaş topşirilgan.

Hujjatda tiğiz vaqtlar sifatida soat 07:30 dan 09:30 gaça, 12:00 dan 14:00 gaça hamda 17:00 dan 19:30 gaça bölgan oraliqlar körsatilgan.

Avtobuslar qatnovini ham köpaytiriş rejalaştirilgan. Jumladan, ertalabki 07:00–09:30 va keçki 17:00–19:30 oraliğida asosiy yönalişlarga qöşimça transport çiqariş orqali qatnov intervalini 3–5 daqiqagaça qisqartiriş maqsad qilingan. Bu böyiça çora-tadbirlar 15 noyabrdan boşlab işlab çiqilişi belgilangan.

25 ta yönalişga katta siğimli avtobuslar çiqariladi

Şuningdek, 20 dekabrga qadar yölovçilar oqimi yuqori bölgan 25 ta yönalişga katta siğimli, böğinli avtobuslarni safarbar etiş tavsiya qilingan. Bunda Uçtepa, Mirobod, Sergeli va Yangihayot tumanlaridagi asosiy yöllarga alohida e’tibor qaratiladi.

Qarorda 20 ta avtobus yönalişida keçki qatnovni soat 23:00 gaça uzaytiriş masalasi ham körib çiqilgan. Mas’ullarga 1 dekabrga qadar bu imkoniyatni mavjud şaroitlar doirasida örganiş topşirilgan.

Uşbu röyxatga 1-, 14-, 18-, 21-, 24-, 28-, 38-, 44-, 46-, 51-, 58-, 67-, 72-, 85-, 93-, 98-, 115-, 118-, 131- va 147-sonli yönalişlar kiritilgan.

Keçki qatnovlarda avtobuslar oraliği 15–20 daqiqadan oşmasligi, harakat jadvallari esa bekatlar va raqamli ilovalarda e’lon qilinişi belgilangan.

“A” yölaklarida nazorat kuçaytiriladi

Qarorga muvofiq, 1 noyabrdan jamoat transporti uçun ajratilgan “A” yölaklarida şaxsiy avtomobillarning noqonuniy harakatlanişi va töxtab turişiga qarşi reydlar kuçaytiriladi.

Bundan taşqari, 15 dekabrga qadar avtobuslarning old qismiga qoidabuzarliklarni harakat vaqtida avtomatik qayd etuvçi kameralar örnatiş va ularni YHXBning yagona bazasiga ulaş amaliyotini yölga qöyiş kerak.

Hujjatda haydovçilarning nogironligi bölgan yölovçilar uçun pandusni oçib berişi xizmat majburiyati sifatida belgilanişi ham nazarda tutilgan. Bu talabni bajarmagan haydovçilarga nisbatan intizomiy çoralar köriş topşirilgan. Toşkentliklarning 85,4 foizi tiğiz vaqtlardagi gavjumlikdan şikoyat qilgan.

Qarorda oktyabr oyida ijtimoiy tarmoqlar orqali qariyb 3 ming kişi iştirokida ötkazilgan sörov natijalari ham keltirilgan. Unga köra, iştirokçilarning 85,4 foizi tiğiz vaqtlarda haddan taşqari gavjumlikni, 32 foizi esa bekatlarda 20 daqiqadan ortiq kutişni qayd etgan. Şu bilan birga, sörovda qatnaşganlarning 79 foizi jamoat transporti tizimini umumiy hisobda “qulay” yoki “juda qulay” deb baholagan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Toşkentda 20 ta avtobus yönalişida soat 21:00 dan 23:00 gaça qatnovni taşkil etiş imkoniyati körib çiqilişi haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing