“Tolibon” ikkinchi bor Afg‘onistonda urush tugaganini ma’lum qildi

Olam

image

“Tolibon” harakati vakili Zabihulla Mujohid Afg‘onistonda urush tugaganini ma’lum qildi.  

“Afg‘onistondagi urush tugadi. Endi biz birgalikda mamlakatni tiklash uchun harakat qilamiz”, degan Mujohid. 

Eslatib o‘tamiz, Mujohid Afg‘onistonning 34 viloyatining oxirgisi bo‘lgan Panjsher to‘liq “Tolibon” nazorati ostiga o‘tganini aytgandi. Mahalliy qarshilik kuchlari esa bu xabarni rad etgandi. 

Bu “Tolibon”ning Afg‘onistondagi urush tugaganligi haqidagi ikkinchi bayonoti. Birinchisini ular joriy yilning 16 avgustida, Qobul qo‘lga olinganidan bir kun o‘tib e’lon qilishgan.

Panjsher — “Tolibon”ga bo‘ysunmagan yagona viloyat

Ushbu viloyat Afg‘onistoning sharqida joylashgan bo‘lib, u yerda taxminan 150 ming aholi yashaydi. Qayd etish kerakki, viloyatning 98 foiz aholisi etnik tojiklardan tashkil topgan. Panjsherda “Tolibon”ga qarshi kuchlar to‘planayotgani ham aytilmoqda va hozirda ushbu provinsiya toliblarga qarshilik ko‘rsatish markazi bo‘lishi taxmin qilinyapti. 

Bu yerda Afg‘onistonning bir qator nufuzli siyosiy figuralari jamlangan: mamlakatning 1992-1996 yillardagi Mudofaa vaziri, mashhur “dala qo‘mondoni” Ahmad Shoh Mas’udning o‘g‘li Ahmad Mas’ud, birinchi vitse-prezident Amrulloh Solih, Marshal Abdul-Rashid Do‘stum hamda uning o‘g‘li Yormuhammad Do‘stum

Afg‘onistondagi vaziyat

AQSHning Afg‘onistonda 20 yil davom etgan harbiy operatsiyasi Prezident Jo Bayden davriga kelib yakunlandi. AQSH qo‘shinlari joriy yilning 31 avgust kuni mamlakatni tark etdi. Bunga qadar Yevropaning boshqa davlatlari, jumladan Britaniya va Germaniya ham mamlakatni tark etdi. Ushbu jarayon yakunlanmasidan “Tolibon” harakati poytaxt Qobulni egallab, joriy yilning 15 avgust kuni Afg‘oniston Islom Respublikasini qulatdi. 19 avgust kuniga kelib toliblar Afg‘oniston Islom Amirligi tuzulganini e’lon qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Afg'oniston Tolibon

Baholaganlar

110

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing