Afğonistondagi eng yirik xorijiy bank mamlakatni tark etdi

Olam

−

image

Pokistonning Bank Alfalah banki Afğonistondagi 20 yillik faoliyatini yakunlab, mamlakatdagi bank biznesini mahalliy Ghaznfar Bank’ka ötkazdi. Bu haqda “Ariana News” xabar berdi.

Qayd etilişiça, bitim joriy yilning 5 noyabr kuni yakuniy kelişuvlar imzolanib, Pokiston Davlat banki va Afğoniston Markaziy banki (Da Afghanistan Bank) tomonidan tegişli ruxsatlar olinganidan söng amalga oşirilgan.

Uşbu bitim doirasida Bank Alfalah Afğonistondagi bank faoliyatini va mahalliy biznesini Ghaznfar Bank’ka sotgan hamda topşirgan.

Bank aksiyadorlarga yöllagan bildirişnomasida Afğonistondagi bank operatsiyalarini töxtatganini ma’lum qilgan. Şuningdek, mamlakatdagi filiallarini amaldagi qonunçilik va tartib-qoidalarga muvofiq yopiş jarayonini yakunlaşi aytilgan.

Ma’lumot uçun, Bank Alfalah Afğonistondagi faoliyatini 2005 yilda Kobul şahrida boşlagan. Bank an’anaviy va islomiy bank xizmatlarini körsatib kelgan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing