“Tolibon” Afg‘oniston fuqarolariga yangi pasport berilishini ma’lum qildi
Olam
−
25 sentabr 2021 6981 1 daqiqa
Afg‘oniston fuqarolari oldin olgan pasportlar o‘z kuchini yo‘qotmaydi, lekin tez orada “Afg‘oniston Islom Amirligi” ko‘rsatilgan yangi turdagi hujjatlar beriladi. Bu haqda toliblarning muvaqqat hukumatidagi Axborot va madaniyat vaziri o‘rinbosari Zabihulla Mujohid ma’lum qildi.
“Mamlakatda muomalada bo‘lgan barcha shaxsiy guvohnomalar va pasportlar o‘z kuchini yo‘qotmaydi, lekin yaqin kelajakda beriladigan hujjatlarda “Islom Amirligi” ko‘rsatilishi ehtimoli yuqori”, degan u.
Ma’lumot o‘rnida, yaqinda Afg‘onistonda pasport berish to‘xtatildi, bu esa mamlakatning bir qancha shaharlarida qator norozilik namoyishlariga sabab bo‘ldi.
Ma’lumot o‘rnida, joriy yilning 15 avgust kuni mamlakatda hokimiyatni egallagan toliblar, 19 avgust kuni Afg‘oniston Islom Amirligini tuzdi. Joriy yilning 6 sentyabr kuni “Tolibon”ga bo‘ysunmay turgan yagona viloyat – Panjsher egallangach, 7 sentyabr kuni harakat rahbarlari muvaqqatni shakllantirdi.
Live
BarchasiBloger Aziz Hakimov 4 yilga qamaldi
11 avgust
Putin hech narsadan qo‘rqmasligini aytdi
11 avgust