“Tolibon” Abdulla Abdulla va Hamid Karzayni uy qamog‘iga oldi – CNN

Olam

image

Avvalroq, “Tolibon” Afg‘oniston Milliy yarashuv Oliy Kengashi raisi Abdulla Abdulla va sobiq Prezident Hamid Karzayning tan soqchilarini qurolsizlantirgani haqida xabar bergan edik. Bu haqda CNN xabar berdi.

Uning manbasiga ko‘ra, qo‘riqchilar qurolsizlantirilgach, ularning avtomobillari ham musodara qilingan. Kecha, 25 avgust kuni Hamid Karzay Abdulla Abdullaning dastlab tintuv o‘tkazilgan uyiga ko‘chib o‘tgan.

Natijada hokimiyatni oldingi hukumatdan “Tolibon”ga tinch yo‘l bilan o‘tkazish bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi kengashning ikkala a’zosi ham himoyasiz qolgan.

CNN telekanaliga ko‘ra, Karzay va Abdulla amalda uy qamog‘ida bo‘lib turibdi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning may oyida AQSH boshliq xalqaro koalitsiya kuchlari Afg‘onistonni tark etishni boshlashi bilan  "Tolibon" harakati hukumat nazoratidagi hududlarni egallab ola boshladi. Avgust oyiga kelib, toliblar yirik shaharlarga yurish boshladi.

Oradan ko‘p o‘tmay, joriy yilning 15 avgust kuni Qobulning “Tolibon” qo‘liga o‘tishi bilan Afg‘onistonda harakat hokimiyati o‘rnatildi. Prezident Ashraf G‘ani esa iste’fo berganini hamda mamlakatni tark etganini ma’lum qildi. Hokimiyatni "Tolibon"ga o‘tishini ta’minlash uchun Muvofiqlashtirish kengashi tuzilib, unga Abdulla Abdulla va Hamid Karzay kiritilgandi.

Joriy yilning 19 avgust kuni esa harakat rasmiy bayonot bilan chiqib, mamlakatda Islom Amirligi tuzilganini e’lon qildi. "Tolibon" vakili Vohidulla Hoshimiy harakat Afg‘onistonda demokratik davlat qurmasligini ma’lum qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Abdulla Abdulla Hamid Karzay

Baholaganlar

195

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing